Bombalanayotgan Gʻazo: 371-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 371 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Zaytun viloyatiga, Jabaliya va
Mavosi lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 72 kishi halok boʻldi. Urush
boshlanganidan buyon 42 065 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tubas, Tulkarm, Nablus va
Al-Xalilga bostirib kirdi. Tulkarmda bir uy portlatib
yuborildi, 2 kishi halok boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida ishgʻol karvonini yoʻq
qilish operatsiyasini oʻtkazdi. 3 ta mayor yoʻq qilindi. Jabaliya hamon bosqinchilar tomonidan shafqatsiz
qamalda.
▪️Husiylar: Qizil dengizda Amerika neftʻ kemasiga va Hind
okeanida yana bir kemaga hujum qildik.
▪️Hizbulloh 20 ta harbiy hujum uyushtirdi, Hayfa, Kiryat Shmona,
Safad, Askalanga 200 dan ortiq raketa uchirdi. Chegarada qarshilik jangchilari
Merkava tankini yoʻq qildi.
▪️Isroil havo kuchlarining Bayrut markazidagi turar-joy
binolariga bergan zarbalari natijasida 22 livanlik halok boʻldi va 117 kishi
yaralandi.
▪️Xitoyning BMTdagi vakili: Gʻazo haqiqiy doʻzax.