10.10.2024 13:45
721

Bombalanayotgan Gʻazo: 370-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 370 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 72 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 42 010 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilar Al-Saʻʻdiy kasalxonasi hududida koʻchirilganlar joylashgan chodirlarga hujum qildi. 17 kishi shahid boʻldi.

▪️Oltinchi kun qamalda qolgan Jabaliya lagerida isroillik askarlar jurnalistlarga qarata oʻt ochdi. 1 jurnalist halok boʻldi, snayper oʻqi ikkinchisini boʻynidan yaraladi.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida bosqinchilarning bir “Merkava tankini portlatib, askarlar guruhini yoʻq qildi.

▪️Gʻarbiy Sohilda fuqarolik kiyimidagi Shin Bet aʻʻzolari Balat lagerida mashinaga hujum qildi. 4 falastinlik halok boʻldi, ular orasida Al-Aqsa brigadasi rahbari Issam Salaj ham bor.

▪️Tel-Avivda bir falastinlik “pichoq operatsiyasi”ni amalga oshirdi. 9 nafar koʻchmanchi yaralangan.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Eylatni raketalar bilan oʻqqa tutdi.

▪️Bosqinchilarning soʻzlariga koʻra, «Hizbulloh»ning Hayfa va Kiryat Shmonaga uyushtirgan yirik hujumi 2 koʻchmanchining oʻlimiga sabab boʻlgan. Oxirgi 24 soat ichida 40 dan ortiq isroillik askar yaralangan.

▪️Bosqinchilar Livanning Baalbek va Tir shaharlariga hujum qildi. Portlatilgan fuqarolik mudofaasi markazida shifokorlar halok boʻlgan.

▪️Taxminlarga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Suriyaning Dayr-az-Zor shahriga zarbalar bergan. Ayni paytda bosqinchilar Homsga hujum uyushtirgan.