Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 361 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageri, Xon Yunis, Shujayi, Rafah va Dayr al-Balohga hujum qildi. Soʻnggi 24 soat ichida Isroil bosqinchi kuchlari Gʻazo sektorida oilalarga toʻrt marta qirgʻin uyushtirdi, tibbiy manbalarga koʻra, kamida 23 nafar falastinlik halok boʻldi, 101 nafari yaralandi.

▪️Isroilning 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi natijasida falastinliklar qurbon boʻlganlar soni 41 638 kishiga etdi, yana 96 460 kishi yaralangan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️ Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda bir bola va sobiq mahbuslar boʻlgan 30 nafar falastinlikni qoʻlga oldi. Falastin Mahbuslar Jamiyati (PPS) hamda Hibsga olinganlar va sobiq mahbuslar komissiyasi qoʻshma bayonotida Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzining boshidan buyon jami hibsga olinganlar sonining 11 mingdan oshganini bildirdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon-Yunis sharqidagi Al-Faxari hududida bosib olingan piyoda askarlarni, Merkava tankini va ikkita bronetransportyorni portlatib yubordi.

▪️Hizbulloh chegara chizigʻidagi bosqinchilarga 35 ta raketa uchirdi. Bir kun ichida harakat Isroilga 100 dan ortiq raketa otgan.

▪️Hizbulloh: Bugun seshanba kuni soat 7:40 da jangchilarimiz Metulla hududidagi dushman askarlariga hujum qilishdi. Bosqinchilar yoʻq qilindi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroilning 24 soat ichida uyushtirgan bombardimonlari natijasida 95 kishi halok boʻldi, 172 kishi yaralandi.

▪️Bosqinchilar Damashqqa hujum qilishdi. 3 kishi halok boʻldi. Shahidlardan biri teleboshlovchi Safoa Ahmaddir.

▪️2006 yildan beri birinchi marta bosqinchilar Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirish boshlanganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador