Bombalanayotgan Gʻazo: 349-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 349 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya, Rafah, Shujayi va Zaytun tumanlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41272 kishi shahid boʻldi.

▪️Natsistlar Shujayidagi koʻchirilganlar maktabi va Jabaliyadagi turar-joy binolariga ikkita yirik hujum uyushtirdi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Jenin va Baytlahmga bostirib kirdi. 48 soat ichida 60 dan ortiq falastinlik hibsga olindi, ikki bola halok boʻldi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Livan boʻylab aloqa qurilmalarining portlashi oqibatida 20 kishi halok boʻldi va 450 kishi jarohat oldi. Yaralarning tabiati oldingi hujumga qaraganda ancha ogʻirroq.

▪️Livandagi yirik teraktdan soʻng isroillik fashistlar Livanning Markaba, Rab-Tilayn va Al-Adisa shaharlariga fosforli bombalar tashladi.

▪️Ynetnews: Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) Livanda elektron qurilmalar portlashi fonida 98-diviziyani Gʻazo sektoridan shimoliy chegaraga oʻtkazishni boshladi. Gʻazoda esa 162 va 252-diviziyalar qoldi.

▪️Falastin tomonidan BMT Bosh Assambleyasiga birinchi marta taqdim etilgan va Isroildan 12 oy ichida bosib olingan hududlardagi mavjudligini toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya mutlaq koʻpchilik ovoz bilan qabul qilindi: 124 ovoz, 14 qarshi, 43 betaraf.

▪️Bosqin ostidagi Falastin shimolidagi Tal-Xay shahrida tankka qarshi raketa harbiy mashinaga tegib, bir askar halok boʻldi, toʻrt nafari yaralandi.

▪️Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon: Poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan Falastin davlatini barpo etish talablari qondirilmaguncha Isroil bilan aloqa oʻrnatmaymiz.

▪️Germaniya Isroilga qurol eksportini toʻxtatdi.

Xolokost va genotsidni oʻrganish boʻyicha isroillik amerikalik professor Omer Bartov: Haaretz hisob-kitoblariga koʻra, Gʻazo aholisining 2 foizi halok boʻlgan. XXI asrda aholining foizi faqatgina Suriyada oʻldirilgandi. Suriyada 13 yil davom etgan qatliom Gʻazoda 10 oy davom etdi.

Mavzuga aloqador