Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 344 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 19 kishi shahid boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41137 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Tulkarm va Jeninga bostirib kirdi. Qarshilik mergani bir isroillik askarni otdi.

▪️Al-Quds brigadalari: Nitsarim oʻqida sionistlar nazorat shtabiga hujum qildik.

▪️Hizbulloh Amiaddagi harbiy bazaga hujum qildi. Isroil shimoliga 50 dan ortiq raketa uchirildi. Ayrim hududlarda yongʻinlar sodir boʻldi.

▪️The Intercept: Vashington Isroil janubida yoqilgʻi quyuvchi samolyotlarini joylashtirish uchun inshootlar qurish ustida ishlamoqda.

▪️Iordaniyada uch isroillikni otib oʻldirgan shahid Maher Al-Jaziyning jasadini Isroildan qaytarish talabi bilan ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.

▪️YuNRVA: Gʻarbiy Sohilda isroillik mergan bizning xodimimizni otib oʻldirdi. Bu soʻnggi 10 yil ichida ushbu hududdagi birinchi oʻlim.

▪️Chili Janubiy Afrikaning Gʻazodagi genotsidda ayblab Isroilga qarshi ochgan daʻʻvosiga qoʻshilish uchun ariza berdi.

Mavzuga aloqador