03.08.2024 13:42
693
Bombalanayotgan Gʻazo: 302-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 302 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah, Bureyj lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 3 marotaba ommaviy qirgʻin uyushtirilib, 31 kishining oʻlimi, 62 kishining jarohati roʻyxatga olindi.
▪️Urush boshlanganidan buyon 39550 kishi shahid boʻldi, 91280 kishi jarohatlandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tulkarm, Ramallah, Jenin, Balatga hujum qilmoqda. 21 yoshli felʻdsher fashistlarning oʻqlaridan halok boʻldi. Tulkarmda qarshilik jangchilarni olib ketayotgan avtomobilʻ portlatib yuborildi.
▪️Hizbulloh bir kunda bosib olingan Falastin chegaralarida 6 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Kerem Shalom harbiy uchastkasida ishgʻolchilar toʻplangan joyni 107 ta qisqa masofali raketalar bilan oʻqqa tutdik.
▪️Bosqinchilar Livan-Suriya chegarasida oziq-ovqat yuklangan tinch aholi yuk mashinalariga hujum qildi.
▪️Pentagon Yaqin Sharqqa qoʻshimcha qiruvchi samolyotlar, harbiy-dengiz floti kemalari va esminets eskadrilyalarini yubormoqda.
▪️BMT: Gʻazoda 40 mingta gepatit infektsiyasi qayd etildi.
▪️Gʻazo qarshilik jangarilari eksklav janubidan Kibbutz-Sufaga 10 ta raketa otdi.
▪️Isroil ishgʻol kuchlari Al-Aqso masjidida Ismoil Haniya haqqiga duo qilgani uchun masjid imomi, 85 yoshli shayx Ikrima Sabrini oʻz uyidan hibsga oldi.