16.04.2025 14:29
67

Bolgariya hukumati Ukraina bilan kelishuvni bekor qildi

Bolgariya hukumati Ukrainaga ikkita atom reaktorini sotish rejasidan voz kechdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Atanas Zafirov bayonot berdi. 


Uning soʻzlariga koʻra, global miqyosda elektr energiyasi narxlarining ortib borayotgani sababli Bolgariya oʻzining yadroviy energetikasini mustaqil rivojlantirish niyatida.


Forbes’ga koʻra, ushbu kelishuvning bekor qilinishi yangi atom energiya bloki qurilishiga salbiy taъsir koʻrsatishi mumkin. Chunki loyihaga Ukraina bilan tuzilgan shartnoma doirasida tushadigan moliyaviy mablagʻlar toʻxtatiladi. 


Eslatib oʻtamiz, Ukrainada urush boshlanganidan soʻng mamlakatning energetika tizimi, xususan yadro energetikasi ogʻir ahvolga kelib qolgan.

Mavzuga aloqador