13.12.2024 14:34
556
BMT: Odam savdosi qurbonlari soni yana oshib bormoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan soʻnggi hisobotga koʻra, dunyoda odam savdosi qurbonlari soni yana oshmoqda. 2022 yilda bolalar qurbonlari 31 foizga, qiz bolalar esa 38 foizga oshgan. Qizlarning aksariyati jinsiy ekspluatatsiyaga, oʻgʻil bolalar esa majburiy mehnatga yoki jinoiy faoliyatga jalb qilingan. Ayniqsa, bolalar va ayollar ekspluatatsiyasi kuchaygan.
Hisobotda keltirilishicha, 2019–2022 yillar davomida odam savdosi qurbonlari soni 25 foizga oshgan. Ayniqsa, bolalar va ayollar ekspluatatsiyasining kuchayishi eʻʻtiborga molik.
2022 yilda bolalar qurbonlari 31 foizga, qiz bolalar esa 38 foizga oshgan. Qizlarning aksariyati jinsiy ekspluatatsiyaga, oʻgʻil bolalar esa majburiy mehnatga yoki jinoiy faoliyatga jalb qilingan. Qashshoqlik, qurolli mojarolar va iqlim inqirozi odamlarni jinoiy tarmoqlar oldida zaif holga keltirib, bu xavotirli tendentsiyani kuchaytirmoqda.
Jinoyatchilarning yangi usullari ham alohida taʻʻkidlangan. Onlayn firibgarlik va kiberjinoyatlarga jalb qilish ekspluatatsiyaning aniqlangan turlari orasida uchinchi oʻrinni egalladi. Bu koʻrsatkich 2016 yildagi bir foizdan 2022 yilda sakkiz foizga oshgan.
Odam savdosi dinamikasi mintaqaga qarab farq qilmoqda.
Shimoliy Amerika va Gʻarbiy Evropada qurbonlar soni sezilarli darajada oshgan.
Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda pandemiyadan oldingi darajada yoki undan past.
Afrikada esa bolalar savdosi koʻp uchrasa-da, maʻʻlumot yigʻishda qiyinchiliklar mavjud.
BMT insonlarning zaifligini oshirayotgan omillar – qashshoqlik, qurolli mojarolar va iqlim oʻzgarishlariga qarshi keskin choralar koʻrish zarurligini taʻʻkidlamoqda. Shuningdek, jabrlanganlarni qutqarish, ularga yordam berish va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Odam savdosi global inqiroz boʻlib, uning qurbonlari, ayniqsa bolalar va ayollar, juda ogʻir vaziyatga tushib qolmoqda.