BMT bosh kotibining sobiq oʻrinbosari Sponek: Hozirgi dunyo tartibi odamlar uchun barqaror emas
BMT bosh kotibining sobiq oʻrinbosari va Iroq gumanitar yordam koordinatori, nemis diplomati Xans fon Sponek oʻtgan hafta Turkiyada boʻlib oʻtgan TRT World Forum forumida Anadolu muxbiriga jazosizlikka asoslangan, kuchlilar haqli degan xulosaga kelinayotgan bugungi dunyo tartibi barqaror emasligi va islohotlarga ehtiyoji borligini taʻʻkidladi.
U qonunni buzganlar jazosiz qolishlari mumkin emasligi va javobgarlikka tortilishi kerakligini aytib oʻtdi.
Isroilning
Gʻazoga hujumlari bilan bogʻliq Evropadagi hukumatlar va fuqarolik jamiyati
guruhlarining munosabatlari bir-biriga zid kelayotganiga eʻʻtibor qaratgan Sponek
Germaniyani misol qilib keltirib, “hukumat "Isroilni qoʻllab-quvvatlashimiz
kerak", desa, muxoliflar "Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy sohildagi
xatti-harakatlarini qabul qilmaymiz”, deydi”, degan fikrlarni bildirdi.
Sponek Evropada
odamlar Falastinni qoʻllab-quvvatlash uchun namoyish oʻtkazayotgan bir paytda
davlatlarning Isroil tarafini olib, Falastinni qoʻllab-quvvatlashga toʻsqinlik
qilishga uringanini qabul qilib boʻlmas holat deb hisoblashini aytdi.
Demokratik
rejimlarda har kim oʻzini ifoda etish huquqiga ega boʻlishi kerakligini taʻʻkidlagan
Sponek "demokratiya bilan boshqarilishini daʻʻvo qiladigan davlatning asosiy
tamoyili" boʻlgan har bir inson, xoh falastinlik, xoh nemis yoki boshqa
millat vakili, toki zoʻravonlikka chaqirmas ekan, oʻz fikrini erkin ifodalashi
mumkinligini aytdi.
Sponek,
shuningdek, BMT tuzilmasini tanqid qilib, islohotlarga chaqirdi.
BMTning koʻp yuzi borligini taʻʻkidlagan Sponek "BMTning
siyosiy yuzi, yuridik yuzi, sud yuzi bor. BMTning ijrochi yuzi ham bor... Ukraina, Gʻazo va boshqa joylarda insonparvarlik
yordamini koʻrsatayotgan tashkilotlari ham mavjud. Biroq mamlakatlarning Gʻazodagi
kabi vaziyatga tushib qolishining oldini olish uchun BMTni siyosiy darajada isloh
qilish kerak. Bunga endi yoʻl qoʻymaslik kerak”, - dedi.
"Bizda
mavjud boʻlgan hozirgi dunyo tartibi odamlar uchun barqaror emas. Urush boshlab, hech
qanday jazosiz, javobgarliksiz, faqatgina jazosizlik bilan olgʻa ketaveradigan
dunyo boʻlmasligi kerak. Chunki haqlilar emas, kuchlilar moʻʻʻtabar deb oʻylaysiz”, -
dedi Sponek hozirgi dunyo tartibi haqida.
"Har kim qilmishiga yarasha javob berishishiga erishmogʻimiz lozim. Yaxshi ishlarni qilayotgan odamlarni maqtash, ularga yordam berish orqali masʻʻuliyatni oʻz zimmamizga olishimiz kerak. Qonunlarni buzganlarni esa jazolay olishimiz kerak", - dedi Sponek.