04.12.2024 12:09

BMT: 2025 yilda 305 million kishi shoshilinch yordamga muhtoj boʻladi

BMT va gumanitar sheriklar muhtojlarga yordam berish uchun 47 milliard dollar ajratishga chaqirmoqda

2025 yilda dunyo boʻylab 305 million kishi shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj boʻladi. Bu haqda BMTning Favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatish boʻyicha koordinatori va BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OChA) rahbari Tom Fletcher 2025 yilgacha global gumanitar istiqbol dasturi ochilish marosimida ogohlantirdi.

Fletcherning qayd etishicha, BMT va uning gumanitar hamkorlari dunyo boʻylab 190 million kishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2025 yilda 47 milliard dollarlik yordam koʻrsatish boʻyicha murojaatni boshlagan.

BMT 32 davlat va qochqinlarni qabul qilgan 9 ta mintaqaga hayotiy yordam beradi, dedi Fletcher.

Fletcherning soʻzlariga koʻra, hozir dunyo eng zaif qatlamlar – ayollar, bolalar va nogironlar eng ogʻir badalni tshlashmoqda.

Koʻmakka muhtoj odamlarning ehtiyojlarini toʻliq qondirish uchun global birdamlikning yangi darajasi, shuningdek, xalqaro huquqni himoya qilish uchun dadil siyosiy harakatlar zarur, dedi BMT OChA koordinatori.

Tom Fletcher tashkilot qolgan 150 million muhtoj odamlarga ham yordam berishni xohlashini, ammo hozirgi moliyalashtirish bilan buning imkoni yoʻqligini qoʻshimcha qildi.

Toʻqnashuvlar natijasida 123 million kishi uy-joyini tark etdi

OChA hisobotida tez-tez sodir boʻlayotgan zoʻravonlik holatlari qayd etilayotgan mojarolar natijasida 123 millionga yaqin odam uy-joylarini tark etishga majbur boʻlgan.

"Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq ofatlar ham oziq-ovqat tizimlarini buzib, aholining ommaviy koʻchishiga sabab boʻlmoqda", deya eʻʻtibor qaratdi BMT OChA.

Donorlarning saxiyligiga qaramay, 2024 yilda zarur boʻlgan 50 milliard dollarning atigi 43 foizi toʻplangan.

Hisobotda yordam koʻrsatish harakatlari etarlicha moliyalashtirilmayotganining salbiy oqibatlari ham koʻrsatilgan. Jumladan, 2024 yilda Suriyaga oziq-ovqat yordami 80 foizga kamaygan, Myanʻmada himoya xizmatlari, Yamanda suv va sanitariya yordami qisqartirilgan.

“2024 yil yordam xodimlari uchun eng halokatli yil boʻldi – 280 dan ortiq odam halok boʻldi. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, insonparvarlik tashkilotlari faoliyati 2024 yilda 116 millionga yaqin odamni qamrab oldi, ular hayotni saqlab qolish uchun oziq-ovqat, boshpana, sogʻliqni saqlash, taʻʻlim va himoya xizmatlarini taqdim etdi", deya qoʻshimcha qildi OChA.