15.01.2025 18:41
389
Blinken: Isroil HAMASni magʻlub eta olmadi
Blinken: Isroil HAMASni magʻlub eta olmadi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning soʻzlariga koʻra, Isroilning HAMASga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyalari guruhni harbiy yoʻl bilan yoʻq qilishga imkon bermadi.
“HAMASni harbiy yoʻl bilan engib boʻlmaydi, biz buni Gʻazo shimolida koʻryapmiz”, — dedi Blinken. Unga koʻra, harbiy mojarolarda qancha jangchi yoʻq qilinmasin, ularning oʻrnini yangi aʻʻzolar egallamoqda.
Bu bayonot Netanyaxu boshchiligidagi Isroil hukumati uchun jiddiy siyosiy va harbiy magʻlubiyat alomati sifatida baholanmoqda. Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanyaxu urushning asosiy maqsadini HAMASni toʻliq yoʻq qilish deb taʻʻriflagan edi.
Biroq xalqaro kuzatuvchilar HAMASning yollovchilik va qoʻllab-quvvatlash tarmoqlari hanuz faolligini taʻʻkidlamoqda.