21.07.2025 11:59
187
Binyamin Netanyaxu zaharlandimi?
Yaroqsiz oziq-ovqatdan zaharlangani aytilayotgan isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ichak yalligʻlanishi tashxisi qoʻyildi. Bu haqda xabar bergan isroil hukumati idorasiga koʻra, Netanyaxu kelgusi uch kun davomida uyida dam oladi, biroq davlat ishlarini u erdan turib davom ettiradi.
Bayonotga koʻra, 75 yoshli Netanyahu tunda oʻzini yomon his qilgan va shifokorlar tomonidan ichak yalligʻlanishi hamda suvsizlanish tashxisi qoʻyilgan. Unga tomir orqali suyuqlik yuborilmoqda.
Reuters nashrining qayd etishicha, oʻtgan yil dekabrь oyida Netanyaxuda siydik yoʻllari infektsiyasi aniqlangach, bosh vazirning prostata bezi olib tashlangan.
Eъtiborlisi, yahudiy nashrlari bosh vazirni hiylagarlikda ayblamoqda: Netanyaxuning "davlat ishlarini uyidan olib borishi" uni dushanba va seshanba kunlarida belgilangan jinoyat ishlari boʻyicha sud majlislarida ishtirok etishdan saqlab qoladi. Sud tinglovlari endi faqat sentyabr oyida, sudlar taъtildan qaytgach, davom ettiriladi.