Belarus yana rus “Shahid”larini urib tushirdi
Belarus Mudofaa vazirligi 5 sentyabrga oʻtar kechasi davlat chegarasini buzib oʻtgan bir qancha rus uchuvchisiz uchoqlari urib tushirilganini maʻʻlum qildi. “Shahid” tipidagi uchuvchisiz uchoqlar qiruvchi samolyotlar yordamida yoʻq qilingan. Telegram-kanallarda portlashlar eshitilib, yongʻinlar boshlangani xabar qilindi.
Belarus
Mudofaa vazirligi 5 sentyabrga oʻtar kechasi bir qancha uchuvchisiz uchoqlar davlat
chegarasini buzib oʻtgani, ularning barchasi yoʻq qilinganini bildirdi. Avvalroq Telegram-kanallarda
Rossiya tomonidan Ukrainaga uchirilgan “Shahid” rusumli uchuvchisiz uchoqlar Belarus
hududiga kirib kelgani, bunga javoban qiruvchi samolyotlar havoga koʻtarilgani
hamda portlashlar eshitilib, yongʻinlar boshlangani haqida xabar bergan edi.
Xususan, Monitor
va “Nikolaevskiy Vanek” Telegram-kanallariga koʻra, chegarani kesib oʻtgan va
Gomel tomon yoʻl olgan ikkita dron yarim soatdan soʻng urib tushirilgan. Shahar
ustida ikkita portlash sodir boʻlgan. «Flagshtok» kanali 2022 yildan beri sinovdan
oʻtkazilayotgan ogohlantirish tizimi hujum vaqtida ishlamaganini qoʻshimcha qildi.
Taxminlarga koʻra, Rossiyaning etti-sakkizta droni kun davomida Ukraina-Belarus
chegarasi orqali uchib oʻtgan.
Ukraina harbiy-havo kuchlari dronlar Chernigov, Kiev va Sumi
viloyatlari yoʻnalishida uchayotganini maʻʻlum qildi.
Oʻz
navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda ikkita harbiy-dengiz
droni yoʻq qilingani haqida xabar berdi. Avvalroq Novorossiysk meri boshqaruvchisiz qayiqlar hujumi xavfi haqida
ogohlantirgan, shu sababli qirgʻoq hududida harakatlanishga cheklovlar kiritilgandi. Soat 8 larda signal
bekor qilindi, biroq hujum oqibatlari haqida xabar berilmadi.
Oʻsha tunda Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiyaning bir qancha
hududlariga hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, Belgorod
va Bryansk viloyatlari osmonida ikkita, Kursk viloyatida uchta uchuvchisiz uchuvchisiz
uchish apparati, shuningdek, Belgorod viloyatida bittadan “Olʻxa”
raketasi urib tushirilgan.