10.01.2025 15:10
444

Bayden Tramp kelgunicha Isroilga 8 mlrd dollarlik qurol-yarogʻlarni berib qolmoqchi

 

Bayden maʻʻmuriyatining vakolati tugashiga ikki haftadan kam vaqt qolgan bir vaqtda Oq uy Kongressni Isroil bilan 8 milliard dollarlik yangi qurol-yarogʻ kelishuvi haqida xabardor qildi. Shartnomadan havo raketalari, 500 funtli (227 kg) bombalar va boshqa qurollarni etkazib berish oʻrin olgan.

Dam olish kunlari Bayden maʻʻmuriyati Kongresni Isroil bilan 8 mlrd dollarlik qurol savdosi boʻyicha kelishuvga erishilgani haqida xabardor qildi. Shartnomadan havo raketalari, 500 funtli (227 kg) bombalar va boshqa qurollarni etkazib berish oʻrin olgan.

"Prezident Isroilning xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq oʻz fuqarolarini himoya qilish, Eron va uning vakil tashkilotlari tajovuzini toʻxtatish huquqiga ega ekanini aniq taʻʻkidladi. Biz Isroil mudofaasi uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarni taqdim etishni davom ettiramiz", - dedi AQSh rasmiysi Axios nashriga.

Mazkur xabar Xalqaro Amnistiya va Inson huquqlari kuzatuv tashkiloti Isroil Gʻazoda genotsid sodir etayotgani haqidagi hisobotlarini eʻʻlon qilganidan bir necha hafta oʻtib yangradi. Oʻtgan oy davomida Isroil armiyasi Shimoliy Gʻazoda jurnalistlarni oʻldirgani va qolgan sanoqli kasalxonalarni vayron qilgani haqida yangiliklar tarqaldi. Yangi yilning dastlabki toʻrt kunida esa Isroil 234 nafardan ortiq falastinlikni oʻldirgani xabar qilindi.

Yaqinda “Nʻyu-York Tayms” gazetasiga bergan intervʻyusida davlat kotibi Entoni Blinken genotsid sodir boʻlayotgani haqidagi fikrni rad etdi va Bayden maʻʻmuriyatining mintaqadagi faoliyatini himoya qildi.

"Har kim faktlarga qarab, ulardan oʻz xulosalarini chiqarishi kerak. Mening xulosalarim aniq. Oʻylaymanki, bu dahshatli azob-uqubatlar – Isroil, Falastin aholisi va boshqa koʻplab odamlarning jarohatlanishi ortida ham boshqacha va yaxshiroq kelajak istiqbollarini taklif etadigan nur bor", dedi Blinken.

"Bu yoʻqotilgan hayotlarni qaytarmaydi, – deya davom etdi u. – Bu Gʻazodagi bolalarning ota-onalarini yoki 7 oktyabrda yaqinlarini yoʻqotgan isroilliklarga ularni qaytarmaydi. Ammo u boshqa yoʻlni taklif qiladi. Va biz buning uchun poydevor yaratish yoʻlida juda koʻp ish qildik".

Blinkenning taʻʻkidlashicha, AQSh Isroil hukumati va HAMAS oʻrtasida nihoyat oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar olib borish arafasida va bu kelishuv yaqin ikki hafta ichida amalga oshishi mumkin. Donalʻd Tramp 20 yanvarʻ kuni Oq uyga qaytishidan oldin isroillik garovga olinganlar ozod qilinmasa, Yaqin Sharqda "doʻzax azoblari" boʻlishini ochiq eʻʻlon qildi. Ammo bu tahdidning nimalarga olib kelishi hozircha nomaʻʻlum.

Yangi qurol bitimi inson huquqlari tashkilotlari va Falastin tarafdorlari tomonidan darhol tanqid qilindi.

"Agar prezident Bayden haqiqatan ham ushbu yangi 8 milliard dollarlik qurol savdosini maʻʻqullagan shaxs boʻlsa, u Netanyaxu bilan birga Gaagadagi kameraga qamalishi kerak boʻlgan harbiy jinoyatchidir", – dedi CAIR milliy ijrochi direktori Nihad Avad oʻz bayonotida. – Agar Entoni Blinken, Brett Mak-Gurk, Jeyk Sallivan va boshqa yordamchilar bunday nomaʻʻqul qarorlarni soyada turgan prezidentlar sifatida qabul qilayotgan boʻlsalar, maʻʻmuriyatdagi har qanday vijdonli odam ularning hokimiyatni suiisteʻʻmol qilishlari haqida hoziroq gapirishi kerak".

"Bayden oʻz boshqaruvining soʻnggi kunigacha Isroilni qurollantirib va qoʻllab-quvvatlab keldi, – deb yozdi Drop Sites News muxbiri Murtazo Husayn. – Hech qanday ichki yoki xalqaro tanqid yoki bosim bu siyosatdan hatto kichik chetga chiqishga ham olib kelmadi".

"Hukumatimiz genotsidni moliyalashtirishni hamma narsadan ustun qoʻydi, – dedi yana bir jurnalist Nina Tyorner. – Bu qatʻʻiyan qabul qilib boʻlmaydigan holat".

Yangi qurol bitimi Senat va Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlanishi kerak, ammo Kongress Isroilning Gʻazoga hujumini izchil qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Noyabrʻ oyida senator Berni Sanders (Vermont shtatidan mustaqil vakil) AQShning Isroilga ayrim qurollarni sotishiga qarshi qoʻshma norozilik qarorlarini kiritdi, biroq uning bu harakati hamkasblarining aksariyati tomonidan qatʻʻiy rad etildi.

"Barcha bu qurbonlar va vayrongarchiliklar AQSh soliq toʻlovchilari hisobidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. [AQSh] soʻnggi vaqtlarda Isroilga 18 milliard dollardan ortiq harbiy yordam koʻrsatdi va 50 ming tonnadan ziyod qurol-yarogʻ hamda harbiy texnika etkazib berdi", – deya ovoz berishdan oldin jurnalistlarga maʻʻlum qildi u. – Boshqacha aytganda, biz amerikaliklar ham bu ishda aybdorlarmiz”.

Braun universitetining "Urush xarajatlari" loyihasiga koʻra, AQSh hukumati 2023 yil 7 oktyabrdagi HAMAS hujumidan beri Isroilga harbiy yordam uchun kamida 17,9 milliard dollar sarflagan. 2024 yil avgust oyida Isroil Mudofaa vazirligi Bayden maʻʻmuriyati mamlakatga 50 ming tonnadan ortiq qurol va texnika yuborganini maʻʻlum qildi.