07.12.2024 10:35
Bashar Asad va oilasining Suriyadan qochgani xabar qilinmoqda
Ayrim Gʻarb nashrlari Bashar Asadning rafiqasi va bolalari oʻtgan haftadayoq Damashqdan Moskvaga ketgani, kuyovi esa BAAga qochgani haqida yozgandi. Yeni Şafak nashri esa oʻz manbalariga tayanib, Suriya prezidenti Bashar Asad yaqinlari bilan Eronga yoʻl olgani haqida xabar berdi.
Hukumat kuchlarining muxolifat bilan toʻqnashuvi va qator magʻlubiyatlaridan soʻng bunga oʻxshash xabarlar koʻpayishda davom etmoqda. Oʻz navbatida, Wall Street Journal Bashar Asad Damashqda koʻrinish bergani haqidagi maʻʻlumotlarni ham taqdim etgan.
Maʻʻlumot uchun, Suriyada oʻtgan haftada yurishning ilk kunlaridayoq Halabni, keyin esa yana bir yirik shahar Hamoni oʻz nazoratiga olgan muxolifatchilar poytaxt Damashq tomon yurishda davom etmoqda. Janubdagi 15 ta shaharda muxolifat bayrogʻi koʻtarilgani, poytaxt Damashqda ham otishma va portlash ovozlari eshitilayotgani aytilmoqda.
Oʻz navbatida, Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlayotgan Eron Suriyadan harbiylar va diplomatlarni evakuatsiya qila boshlagani xabar qilinmoqda.
The New York Times nashri manbalarga tayanib yozganidek, juma kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Al-Quds boʻlinmasining ikki generali Suriyadan Iroq va Livanga olib ketilgan. Ular Asadga sodiq Suriya armiyasiga maslahat berish bilan shugʻullangan. Generallar Dayr-az-Zor va Xama qulagani haqidagi xabardan keyin qochib ketishgan.