17.12.2024 08:18
1044

Bashar Asad Suriyadan qochganidan keyin ilk bayonotini berdi



Suriyaning sobiq diktatori Bashar Asad nega muxolifat hujumi chogʻida mamlakatni tark etib, Rossiyaga ketganini ilk bor tushuntirishga harakat qildi. Matbuot xizmati tomonidan eʻʻlon qilingan bayonotda Asad oʻzining evakuatsiya qilinishini rejalashtirilmagan deb atadi va bu Damashq hukumatga qarshi kuchlar bosimi ostida qulaganidan keyin sodir boʻlganini taʻʻkidladi.

“Damashqda 2024 yil 8 dekabrʻ, yakshanba kuni ertalabgacha navbatchilik qildim. Muxolifat kuchlar Damashqqa bostirib kirganida, men rossiyalik ittifoqchilarimiz bilan harbiy amaliyotlarni muvofiqlashtirish uchun Latakiyaga [Rossiyaning Xmeymim harbiy bazasi] koʻchib oʻtdim”, deyiladi Asad bayonotida. 

Sobiq diktatorning taʻʻkidlashicha, u hech qachon isteʻʻfoga chiqish yoki boshqa davlatdan boshpana soʻrash haqida oʻylamagan.

“Moskva qoʻmondonlikdan 8 dekabrʻ, yakshanba kuni kechqurun Rossiyaga zudlik bilan koʻchib oʻtishni talab qildi. Bu Damashqning, soʻnggi harbiy pozitsiyalar qulashi va qolgan barcha davlat institutlarining falaj boʻlishining ertasiga sodir boʻldi”, deya qoʻshimcha qildi Asad.

Reuters agentligining yozishicha, Asad tarafdorlari va oila aʻʻzolarini Damashqdan qochish haqida ogohlantirmagan. Shu bilan birga, evakuatsiya qilinishidan bir necha soat oldin diktator 30 ga yaqin yuqori martabali razvedka va armiya amaldorlarini toʻplagani va "Rossiyadan harbiy yordam kelishini" eʻʻlon qilgan.