Avstraliya Afgʻonistondagi urushda qatnashgan qoʻmondonlarning medallarini bekor qilmoqchi
Avstraliya hukumati Afgʻonistondagi urushda harbiy jinoyatlar va “notoʻgʻri xatti-harakatlar”da ishtirok etgan boʻlinmalarning qoʻmondonlarini medallardan mahrum etishga qaror qildi. Afgʻon urushida Avstraliya elita kuchlari 39 nafar tinch aholi va mahbusni noqonuniy oʻldirganlikda ayblanmoqda.
11 yil
davom etgan rasmiy tergovda Avstraliyaning elita maxsus kuchlari tomonidan
Afgʻonistonda 39 nafar tinch aholi va mahbus noqonuniy oʻldirilgani koʻrib chiqildi,
deya xabar qildi Arab News nashri.
Tergov xulosalari
asosida Avstraliya Afgʻonistondagi urushda harbiy jinoyatlar va "notoʻgʻri
xatti-harakatlar"da ishtirok etgan boʻlinmalar qoʻmondonlarini medallaridan
mahrum etishga qaror qildi.
Mudofaa
vaziri Richard Marlesning aytishicha, 2005-2016 yillarda hokimiyatda boʻlgan qoʻmondonlarini
nishonga olgan qaror “oʻtmishdagi xatolarni tuzatish” uchun zarur.
Oʻn
nafarga yaqin qoʻmondon mukofotlaridan mahrum qilinadi, ammo maxfiylik sababli
ularning ismlari oshkor etilmaydi.
Marlesning
soʻzlariga koʻra, 2020 yilgi tergov natijalari "elitizm submadaniyatini va
maqbul standartlardan chetga chiqishni" aniqladi, bu "eng jiddiy, oʻlchovli
va puxta choralarni talab qiladi".
Hisobotdagi
143 ta tavsiyaning qariyb barchasi, jumladan, medallarni qayta koʻrib chiqish, tovon
puli toʻlash va madaniy islohotlar maʻʻqullandi.
Tergov,
shuningdek, 19 kishining ishi Avstraliya federal politsiyasiga yuborilishini taklif
qildi, ammo jarayon sekin kechmoqda.
Marlesning aytishicha, payshanba kungi qarorga aloqador
qoʻmondonlar oʻz boʻlinmalari sodir etgan urush jinoyatlari haqida xabar topmagan boʻlishi
mumkin, ammo ular nima boʻlayotganini bilishlari lozim edi. U mudofaa kuchlari madaniyatini isloh qilishni davom ettirishga
vaʻʻda berdi.
"Avstraliya masʻʻuliyatni oʻz zimmasiga oladigan
mamlakat", - dedi
Marles.
Medallar qanday va qachon qaytarilishini Avstraliya
general-gubernatori – qirolning Hamdoʻstlikdagi vakili belgilaydi.
2001 yil 11 sentyabrdagi xurujlardan soʻng 26 mingdan ortiq
avstraliyalik askar Afgʻonistonga AQSh va ittifoqchi kuchlar safida Tolibon,
al-Qoida va boshqa islomiy guruhlarga qarshi jang qilish uchun joʻnatilgan.
Avstraliya jangovar qoʻshinlari 2013 yil oxirida rasman Afgʻonistonni tark etdi,
ammo oʻshandan beri elita maxsus kuchlari boʻlinmalarining noqonuniy va gʻayriinsoniy harakatlari
haqida koʻplab xabarlar kelib tushdi.
Hozircha mamlakatda
faqat Viktoriya xochi bilan taqdirlangan sobiq maxsus havo xizmati (SAS) kaprali Ben
Roberts-Smitga nisbatan oʻtgan yili toʻrt nafar afgʻon mahbusini oʻldirganlik
ayblovi qoʻyilgan. Biroq hozircha u jazoga tortilgani yoʻq, uning ishi hali ham
sudda koʻrib chiqilmoqda.