08.01.2025 12:06
1045
Asma Asadning AQSh va Britaniya maxsus xizmatlari bilan aloqalari haqidagi hujjatlar oshkor qilindi
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad haqida oshkor qilingan hujjatlar xalqaro muhokamalarga sabab boʻldi. Unda Asmaning AQShning Milliy xavfsizlik xizmati (NSA) va Britaniyaning "M.I.5" (aksilrazvedka xizmati) agentlari bilan bogʻliqligi aytiladi.
1998 yil 27 noyabrʻ sanasi bilan belgilangan birinchi hujjatda Asma Asadning moliyaviy sohadagi lavozimlari, jumladan, Nʻyu-Yorkdagi Deutsche Bank filialidagi faoliyati tilga olingan. Hujjatda uning AQShning Milliy xavfsizlik kengashi manfaati uchun moliyaviy, siyosiy va huquqiy maʻʻlumotlarni yigʻishga qaratilgan vazifalari xususida maʻʻlumotlar keltirilgan. Shuningdek, u Joʻlon tepaliklari va Livan bilan bogʻliq masalalardagi faoliyatlarda ishtirok etgani taxmin qilingan.
Asma Asad Britaniya razvedkasining etakchi figuralari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Uning Miss Liza va 1988-1994 yillarda Britaniya tashqi razvedkasi direktori lavozimini egallagan Miss Kollin Bekol bilan munosabatlari hujjatlarda alohida taʻʻkidlangan.
Ikkinchi hujjat 1994 yildagi uchrashuvlar haqidagi maʻʻlumotlarni oʻz ichiga oladi. 22 noyabrʻ kuni Londondagi Chesterfild Mayfair mehmonxonasidagi uchrashuvda Bashar Asad va Asma "M. I. 5" rahbari oʻrinbosari Eliza Manningem-Buler bilan uchrashgani aytilgan. Bir kun oʻtgach, ularning Suriya-Isroil munosabatlari va mintaqadagi tinchlik muzokaralari boʻyicha muhokamalarda qatnashgani maʻʻlum qilingan.
Bu hujjatlarning aslligi va ular ortida turgan maqsadlar boʻyicha turli taxminlar ilgari surilmoqda. Suriya hukumati yoki Asma Asad shaxsan hech qanday izoh bermagan.