20.02.2025 12:29
Arab davlatlari Trampni Gʻazo rejasidan voz kechishga koʻndirish uchun milliardlab pul toʻlashga tayyor
Arab davlatlari AQSh prezidenti Trampning Gʻazo sektori aholisini boshqa mamlakatlarga joylashtirish rejasiga muqobil ravishda Gʻazo sektorini rekonstruktsiya qilish boʻyicha oʻz rejasini tayyorlashga harakat qilmoqda. Misr prezidenti as-Sisiy 20 fevralь kuni Saudiya Arabistoniga safar qilib, rekonstruktsiya qilish uchun mintaqadan 20 milliard dollargacha mablagʻ ajratishi mumkin boʻlgan arab muqobilini muhokama qiladi, deb xabar bermoqda Reuters Misrdagi manbalarga tayanib.
Arablarning taklifi Gʻazo sektorini HAMASsiz boshqarish va falastinliklarni xorijga koʻchirmasdan qayta qurishda xalqaro ishtirok etish uchun milliy Falastin qoʻmitasini shakllantirishni oʻz ichiga oladi.
Taъkidlanishicha, arab va Fors koʻrfazi davlatlarining fondga 20 milliard dollarlik hissasi “Trampning rejani qabul qilishi uchun yaxshi turtki boʻlishi mumkin”.
Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya, BAA va Qatar 4 mart kuni Qohirada rejalashtirilgan arab sammitida taqdim etilishidan oldin Ar-Riyodda arab rejasini koʻrib chiqish va muhokama qilishni rejalashtirmoqda.