14.10.2024 12:03
937

AQShda yamanlik 7 yoshli qiz pichoqlandi

AQShning Detroyt shahrida bir erkak kelib chiqishi yamanlik boʻlgan 7 yoshli qizga yaqinlashib, boʻgʻzidan pichoq tortib yubordi. Qizaloq jinoyatchining qoʻlidan qutilib, uyiga qochib borishga muvaffaq boʻlgan. Politsiya qotillikka urinish boʻyicha ish ochdi, jamoatchilik nafratga asoslangan jinoyat moddasi boʻyicha tergov yuritilishini talab qilmoqda. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan.

Amerikaning Detroyt shahri maʻʻmuriyati kelib chiqishi yamanlik boʻlgan 7 yoshli qizning pichoqlanganini nafrat jinoyati sifatida qoʻshimcha tergov qilishni talab qilmoqda, deb yozdi TRT.

Oʻtgan haftaning seshanba kuni 73 yoshli bobosi bilan Detroytdagi Rayan istirohat bogʻida aylanib yurgan 7 yoshli qizcha boʻgʻzidan pichoqlandi. Maʻʻlumotlarga koʻra, bir erkak pichoq bilan Saida Mashrahga yaqinlashib, uning boshini koʻtargan va tomogʻini kesgan,. Qizcha jinoyatchini tepib, qochib qutulishga muvaffaq boʻlgan va uyiga – onasining yoniga yugurgan.

Hujumdan soʻng detroytlik Geri Lanski ismli gumonlanuvchi oʻsha kuni hibsga olingan hamda qotillik va ogʻir jinoyat niyatida hujum qilishda ayblangan.

Politsiyaning fikricha, Lanskiy ham uning rafiqasi kabi ruhiy kasallikdan aziyat chekkan boʻlishi mumkin. Prokuratura matbuot kotibi Mariya Miller juma kuni qoʻshimcha maʻʻlumot bermasdan, hozirda "bu ishda nafrat bilan bogʻliq jinoyatlar haqida hech qanday dalil yoʻqligini" takrorlagan.

Ammo qizning onasi, Detroytda yashovchi 32 yoshli Amira Sharxanning taʻʻkidlashicha, bu qizning kelib chiqishi bilan bogʻliq maqsadli hujum boʻlishi mumkin.

“Nega qizimni tanladi? Nega kutilmaganda paydo boʻldi? Nega? – deya Sharxanning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Amerika matbuoti Sharxondan iqtibos keltiradi. –  Men qizimning ishi chetga surilishini xohlamayman."

Detroyt shahri va Michigan shtatining boshqa aholisi ham bu ishni qoʻshimcha tekshirishga chaqirmoqda.

"Biz Detroyt politsiya departamenti va Ueyn okrugi prokuraturasini nafrat hujumga turtki boʻlgan yoki yoʻqligini aniqlash uchun ushbu ish boʻyicha toʻliq tergov oʻtkazishga chaqiramiz", –  dedi Amerika-Islom munosabatlari kengashi (CAIR) Michigan direktori Dovud Valid.

Shunga oʻxshash chaqiriqni qilgan yana bir taniqli shaxs AQSh Konressining Detroyt vakili Rashida Tlaib X ijtimoiy tarmogʻida qizga qilingan hujum nafrat jinoyati sifatida tekshirilishi kerakligi hamda arab va musulmonlarning davomiy degumanizatsiya qilinishi (obroʻsizlantilishi) mamlakat boʻylab ularga nisbatan nafrat jinoyatlarining koʻpayishiga sabab boʻlayotganini taʻʻkidladi.