06.11.2024 08:45
579

AQShda prezidentlik saylovi: Tramp saylovchilar kollegiyasining 230, Xarris esa 205 ovozini toʻpladi

AQSh prezidentligiga saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donalʻd Tramp 50 shtatning 40 tasida 230 delegatni, uning raqibi, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris esa 205 delegat ovozini toʻpladi. Gʻalaba qozonish uchun har qanday nomzod 270 saylovchi ovozini olishi kerak

AQSh prezidentligiga saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donalʻd Tramp 50 shtatning 40 tasida 230 delegatni, uning raqibi, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris esa 205 delegat ovozini toʻpladi.

Associated Press (AP) norasmiy maʻʻlumotlariga koʻra, saylov natijalari Indiana, Kentukki, Gʻarbiy Virjiniya, Florida, Tennessi, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Missisipi, Alabama, Arkanzas, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Vayoming, Nebraska, Luiziana, Ogayo, Texas, Missuri, Vermont, Konnektikut, Massachusets, Merilend, Rhode Island, Nyu-Jersi, Delaver, Illinoys, Nʻyu-York shtatlarida saylov natijalari eʻʻlon qilingan.

Tramp Indiana, Kentukki, Gʻarbiy Virjiniya, Florida, Tennessi, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Missisipi, Alabama, Arkanzas, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Vayoming, Nebraska, Luiziana, Ogayo, Texas va Missuri shtatlarida 230 delegat ovozini qoʻlga kiritdi.

Demokratlardan prezidentlikka nomzod Xarris, aksincha, Kaliforniya, Vermont, Konnektikut, Massachusets, Merilend, Rod-Aylend, Nyu-Jersi, Delaver, Illinoys va Nʻyu-Yorkda 205 delegat ovoziga ega boʻldi.

Gʻalaba qozonish uchun har bir nomzodga 270 delegat ovozi kerak. Saylovchilar shtatlarga aholi soniga qarab taqsimlanadi va koʻpchilik shtatlar oʻzlarining barcha delegatlarini xalq ovoz berishda qaysi shtatda gʻolib chiqsa, oʻsha nomzodga beradilar.

Biroq Nebraska va Meyn shtatlarida ovoz berish usuli boshqacharoq. Ushbu shtatlarda ovozlar Kongress okruglari natijalariga hamda shtatdagi xalq ovozi gʻolibiga qarab taqsimlanadi.

Saylov uchastkalari yarim soat yoki bir soatlik interval bilan yopiladi. Gavayidagi yakuniy uchastka Sharqiy vaqt bilan yarim tunda (0500 GMT), Alyaskada esa Sharqiy vaqt bilan 01:00 da (0600GMT – Toshkent vaqti bilan 11:00) yopiladi.