American Rounders kompaniyasi AQShning Alabama, Oklaxoma va Texas shtatlaridagi oziq-ovqat doʻkonlariga kompʻyuterlashtirilgan oʻq-dorilar sotish avtomatlarini oʻrnatdi, deya xabar beradi Assotiatrd Press agentligi.
Kompaniyaning taʻʻkidlashicha, mashinalar mijozning yoshini tekshirish uchun ID-skaneri va yuzni tanish dasturidan foydalanadi. Qayd etilishicha, ulardan foydalanish planshet kompʻyuteri kabi "tez va oson".
Tahlilchilar avtomatlardan oʻqlarni sotish AQShda koʻproq otishmalarga olib kelishidan qoʻrqishmoqda. Mustaqillik kunining oʻzida qurolli zoʻravonlik kamida 33 kishining hayotiga zomin boʻldi.
Biroq kompaniyaning aytishicha, uning yoshni tekshirish texnologiyasi tranzaktsiyalar onlayn sotuvlarga qaraganda xavfsizroq. Buning ustiga, onlayn yoki chakana savdo doʻkonlarida xaridordan yoshni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi va oʻgʻirlik xavfi mavjud.
"Men asossiz bayonotlar berishdan koʻra, biz qanday ishlayotganimizni tushunishga vaqt ajratadigan odamlardan juda minnatdorman, – dedi American Rounders bosh direktori Grant Magers. – Biz Ikkinchi tuzatishni juda qoʻllab-quvvatlaymiz, ammo qurolga masʻʻuliyat bilan egalik qilamiz va jamiyat uchun muhitni yaxshilashga umid qilamiz".
The Associated Press, USA Today va Shimoli-Sharqiy universitet tomonidan yuritiladigan maʻʻlumotlar bazasiga koʻra, 2024 yilda iyunʻ oyi holatida 15 ta qurolli otishma sodir boʻlgan, 2023 yilda esa 39 ta.

Mavzuga aloqador