25.01.2025 17:52
410

AQShda noqonuniy muhojirlarga qarshi ommaviy deportatsiya amaliyoti boshlandi



Donald Tramp rahbarligidagi AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarga qarshi misli koʻrilmagan ommaviy deportatsiya amaliyotini boshladi. Prezident Trampning matbuot xizmati bu jarayonni “tarixdagi eng yirik deportatsiya kampaniyasi” deb atadi.

Oq uyning maʻʻlum qilishicha, 21 yanvardan boshlab, noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish jarayoni faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Ikki kunda 460 kishi qoʻlga olingan, 23 yanvarʻ kuni esa yana 538 muhojir ushlangan, ularning 373 nafari jinoiy ayblovlar bilan qoʻlga olingan.

Deportatsiya qilinganlar orasida terrorizmda gumon qilingan shaxslar, Venesueladagi “Tren de Aragua” jinoiy guruhining toʻrt aʻʻzosi va voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarda ayblangan shaxslar borligi aytilmoqda.

“Prezident Tramp dunyoga kuchli signal yuboryapti: AQShga noqonuniy kirish jiddiy oqibatlarga olib keladi,” – deyiladi rasmiy bayonotda.

Qayd etilishicha, Amerika harbiy samolyotlari muhojirlarni deportatsiya qilish uchun jalb etilgan. Bunday holat soʻnggi yillarda kuzatilmagan edi.

Tramp hukumatining radikal choralari nafaqat noqonuniy muhojirlarni, balki xalqaro jinoiy guruhlarni yoʻq qilishga qaratilgani taʻʻkidlanmoqda.