24.05.2025 06:23
202

AQShda federal sudьya Trampning Garvard universitetiga xalqaro talabalarni qabul qilishni toʻxtatish haqidagi qarorini toʻxtatdi

AQShning Boston shahridagi federal sudьya Ellison Berrouz mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan Garvard universitetiga kecha yuborilgan qarorni vaqtincha toʻxtatdi.

Avvalroq Tramp maъmuriyati Garvard universitetining xalqaro talabalarni qabul qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqargan edi. Sudьya Berrouz bu qarorni "jarayonga oid qoʻshimcha maъlumot va hujjatlar taqdim etilgunga qadar" toʻxtatishga qaror qildi.

Mazkur qaror Garvard universitetining Tramp maъmuriyatiga qarshi sudga murojaat qilganidan soʻng qabul qilindi.

Falastinni qoʻllab-quvvatlash namoyishlari bilan tanilgan Garvard universiteti prezident Tramp maъmuriyatining mazkur oliygohda xalqaro talabalarni qabul qilish dasturini "amaldagi qonunlarga rioya qilmagani" bahonasi bilan toʻxtatgani uchun federal sudga shikoyat arizasi taqdim etgandi.

Shikoyat arizasida bu qaror AQSh konstitutsiyasiga zid ekani taъkidlangan.

Tramp va Garvard oʻrtasidagi mojaro

Federal hukumat, jumladan Garvard universitetini ham, asosan Falastinni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan talabalar namoyishlari hamda turli xillik, tenglik va inklyuzivlik dasturlari bahonasi bilan federal mablagʻlarni toʻxtatish bilan tahdid qilgandi.

Bu jarayonda AQSh Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash va inson resurslari vazirligi, Taъlim vazirligi va Davlat xizmatlari boshqarmasi hamkorligida "Antisemitizmga qarshi kurash ishchi guruhi" tashkil etilgan edi.

Tramp maъmuriyati bungacha Garvardga ajratilgan 2,2 milliard dollarlik mablagʻ va 60 million dollarlik shartnomalarni muzlatish toʻgʻrisida ham qaror qabul qilgan, universitet esa bu qarorni noqonuniy deb baholab, uni bekor qilish uchun sudga murojaat yoʻllagandi.