AQSh va Xitoy 90 kunga bojxona toʻlovlarini kamaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi
AQSh va Xitoy Shveytsariyadagi muzokaralar natijasida oʻzaro joriy qilgan eksport bojlarini 90 kunga kamaytirishga kelishib oldi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent maъlum qilishicha, Vashington va Pekin 115 foizgacha oshirilgan tariflarni vaqtincha pasaytiradi. U mazkur muzokaralarni “samarali va konstruktiv” deb baholadi.
Bu ikki tomon oʻrtasidagi birinchi rasmiy uchrashuv boʻlib, u AQSh prezidenti Donalьd Tramp Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik boj joriy qilganidan keyin oʻtkazildi. Javob tariqasida Pekin ham AQShdan olib kiriladigan mahsulotlarga 125 foizlik boj qoʻygan edi.
AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushi moliya bozorlariga jiddiy zarba berdi va global retsessiya xavfini kuchaytirdi.
Endilikda AQSh tomonidan xitoy mahsulotlariga qoʻyilgan boj 30 foizga, Xitoy tomonidan AQSh mahsulotlariga qoʻyilgan boj esa 10 foizgacha pasaytiriladi. Bu kelishuv 90 kun amal qiladi.