14.05.2025 08:07
43
AQSh va Saudiya Arabistoni qanday kelishuvlarni imzoladi
AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasida qiymati taxminan 142 milliard dollar boʻlgan “tarixdagi eng yirik qurol-yarogʻ sotuvi boʻyicha shartnoma” imzolangani xabar qilindi.
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti Donalьd Tramp va uning delegatsiyasini Riyaddagi Yamama saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi. Trampga anъanaviy saudiya qahvasi taklif etildi va u koʻplab rasmiylar bilan qoʻl siqishdi.
Ikki tomonlama va delegatsiyalar oʻrtasidagi uchrashuvlardan soʻng Tramp va bin Salmon “Strategik iqtisodiy hamkorlik hujjati”ni imzoladilar. Mazkur hujjatda adliya, sogʻliqni saqlash, fazo, bojxona va havo transporti sohalari qamrab olingan.
Qurol-yarogʻ savdosida rekord
Belgilanishicha, shartnomalar Amerika va Saudiya Arabistoni mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik asosida armiyani modernizatsiya qilishni, shuningdek, energiya va mudofaa sohalarida hamkorlikni oʻz ichiga oladi. AQSh prezidenti Tramp bu kelishuv orqali mamlakatda 600 milliard dollarlik investitsiya majburiyatini olganini bildirdi.
Oq uyning maъlumotiga koʻra, ushbu kelishuvlar AQSh uchun energiya xavfsizligi, mudofaa sanoati va texnologik ustunlikni mustahkamlaydi. Kelishuvlar AQSh–Saudiya munosabatlarida yangi “oltin davr”ni boshlashi qayd etilgan.
Shartnoma doirasida Saudiyaga eng soʻnggi texnologiyali harbiy uskunalar va xizmatlar etkazib beriladi. Bu besh yoʻnalishni qamrab oladi: havo kuchlarini rivojlantirish, fazoviy salohiyat, havo va raketa mudofaasi, chegara xavfsizligi va axborot-kommunikatsiya tizimlarini yangilash.
Energetika va fazo sohalarida hamkorlik
AQSh va Saudiya energiya vazirliklari oʻrtasida ham energiya infratuzilmasini rivojlantirishga oid kelishuv imzolandi. Shuningdek, NASA va Saudiya fazo agentligi “Artemis II” sinov parvozi doirasida kub-sputnik (CubeSat) loyihasi uchun hamkorlikka kelishdi.
Infratuzilma va investitsiyalar
DataVolt kompaniyasi AQShda sunъiy intellekt data-markazlari va energetika infratuzilmasiga 20 milliard dollar sarmoya kiritishi aytildi. Google, Oracle, Salesforce va Uber kabi kompaniyalar ikki mamlakatda 80 milliard dollarlik texnologik sarmoyalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
American Hill International, Jacobs, Parsons va AECOM kabi kompaniyalar Saudiyadagi yirik infratuzilma loyihalari — masalan, Qirol Salmon xalqaro aeroporti va Qirol Salmon bogʻi qurilishida ishtirok etadi. Shuningdek, GE Vernova 14,2 milliard dollarlik gaz turbinalari, Boeing esa AviLease uchun 4,8 milliard dollarlik samolyotlarni etkazib beradi.
Sogʻliqni saqlash va boshqa sohalar
Shamekh IV Solutions Michiganda yuqori quvvatli shprits echimlari ishlab chiqaradigan zavod qurishga 5,8 milliard dollar sarmoya kiritadi. Umumiy sarmoya hajmi 600 milliard dollardan oshib, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi tarixdagi eng yirik tijoriy kelishuv toʻplami boʻldi.
2023 yilda Saudiyaning AQShga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalari 9,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu asosan transport, koʻchmas mulk va avtomobilsozlik sohalariga toʻgʻri kelgan. 2024 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi 25,9 milliard dollarga etgan.
Bin Salmon: AQSh bilan 300 milliard dollardan ortiq shartnoma imzoladik
Suhbat davomida bin Salmon, “AQSh bilan munosabatlarimizga 92 yil boʻldi. Bugungi kunda AQSh bilan 600 milliard dollarlik hamkorlik imkoniyatlari ustida ishlayapmiz. AQSh – iqtisodiy aloqalarimizning asosiy tayanchi”, dedi.
Uning soʻzlariga koʻra, 2013–2024 yillar davomida AQSh–Saudiya oʻrtasidagi savdo hajmi 500 milliard dollarga etgan. Saudiyadagi chet el sarmoyalarining toʻrtdan biri AQSh kompaniyalariga tegishli.