18.04.2025 08:15
64

AQSh Suriyaga shart qoʻydi

AQSh yangi shakllanayotgan Suriya hukumatiga bir qator talablar qoʻydi. Unga koʻra, Suriya oʻz hududida Amerika tomonidan olib boriladigan “terrorizmga qarshi kurash” amaliyotlariga ruxsat berishi lozim, deb yozadi The Washington Post. 


Shuningdek, Oq uy yangi hukumatdan IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyani qoʻllab-quvvatlash maqsadida rasmiy bayonot eъlon qilishini soʻramoqda.


Bundan tashqari, Falastinlik barcha siyosiy guruhlar va ularning faoliyatlarini taqiqlovchi deklaratsiya qabul qilinishini zarur. 


Nashrga koʻra, isroil*ning xavotirlarini bartaraf etish maqsadida Falastinlik guruhlar aъzolarini mamlakatdan chiqarib yuborish talabi ham qoʻyilgan. 


Yana bir shart sifatida, xorijlik jangarilarni siyosiy va harbiy boshqaruv tizimlaridan butunlay chetlashtirish zarurligi taъkidlangan. 


Hozircha Suriya tomoni mazkur shartlarga nisbatan biror rasmiy izoh bermagan.

Mavzuga aloqador