07.01.2025 10:33
AQSh Suriyaga nisbatan sanktsiyalarni yumshatdi
AQSh hukumati Suriyaga qarshi sanktsiyalarni olti oyga yumshatish haqida qaror qabul qildi. Bu oʻzgarish mamlakatdagi gumanitar vaziyatni yaxshilash maqsadida kiritilgan boʻlib, gumanitar tashkilotlar va banklarga mamlakatga yordam berish jarayonida AQSh sanktsiyalarini buzishdan qoʻrqmasdan faoliyat yuritish imkonini beradi.
Yangi qoidalar quyidagi sohalarga taalluqli:
Davlat organlari bilan operatsiyalar
Suriya davlat idoralari bilan belgilangan shartlar asosida tijorat va moliyaviy bitimlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Energiya taʻʻminoti
Neftʻ, tabiiy gaz va elektr energiyasi kabi resurslarni Suriyaga sotish, etkazib berish yoki saqlash uchun toʻsiqlar olib tashlanadi. Bu energiya taʻʻminotidagi qiyinchiliklarni yumshatishga qaratilgan qadamdir.
Shaxsiy pul oʻtkazmalari
Suriyaga notijorat maqsadlardagi shaxsiy pul oʻtkazmalariga, shu jumladan, Suriya Markaziy banki orqali operatsiyalarga ruxsat berildi.
Biroq, harbiy va razvedka tashkilotlari bilan har qanday tijorat yoki moliyaviy operatsiyalar taqiqlangan. Shuningdek, Suriyadan neftʻ importiga nisbatan taʻʻqiq saqlanib qoladi.