17.04.2025 11:05
64
AQSh Suriyadan qoʻshinlarini olib chiqishni boshladi
AQSh Suriyaning sharqiy hududidan oʻz harbiy kuchlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshladi.
Al-Araby Al-Jadeed xabariga koʻra, birinchi harbiy kolonna oʻn kun avval Dayr az-Zor viloyatidagi “Konoko” harbiy bazasini tark etgan.
Shundan keyin esa, ikkinchi yirik kolonna — 200 dan ortiq transport vositalari, jumladan, zirhli texnikalar va havo mudofaasi tizimlari bazani tark etgan.
Shuningdek, hudud ustidagi razvedka aerostati parvozlari ham toʻxtatilgani aytilmoqda. Qoʻshinlarning bir qismi va texnikalar Erbil shahridagi (Iroq Kurdistoni) AQSh harbiy bazasiga koʻchirilgan.
Maъlumot uchun, “Konoko”bazasi ilgari AQSh uchun muhim strategik markaz hisoblangan boʻlib, u erda harbiy tayyorgarlik markazi, vertolyot maydonchasi va Patriot havo mudofaasi komplekslari joylashtirilgan edi.