AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollar ajratishni maʻʻqulladi
AQSh Senati nihoyat Ukrainaga 61, Isroilga va Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami uchun 26 hamda Tayvanʻ va Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni taʻʻminlashga 8 milliard dollar ajratishni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi. Ushbu hujjat tez orada prezident Bayden tomonidan imzolanishi kutilmoqda.
AQSh
Senati uzoq kutilgan Ukraina, Isroil va Tayvanga umumiy 95 milliard dollarlik
yordam paketini maʻʻqulladi. Tashabbusni 79 senator qoʻllab-quvvatladi, 18 nafari esa qarshi chiqdi. Bu
haqda Al Jazeera telekanaliga
tayanib Yeni Şafak xabar berdi.
Ushbu mablagʻning 61 milliard dollari Ukrainaga yordam berish uchun
moʻljallangan. Ukraina uchun ajratilayotgan
mablagʻning 23,2 milliardi - Pentagon omborlaridan Kievga etkazib berilgan qurol-yarogʻ
va oʻq-dorilar oʻrnini toʻldirishga, 13,8 milliardi - ochiq bozorda Ukraina uchun
harbiy xaridlarni amalga oshirishga, 11,3 milliardi - "mintaqada AQShning
joriy harbiy amaliyotlarini" qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Eslatib
oʻtamiz, avvalroq Turkiya Vashington tomonidan Ukrainaga etkazib berilgan
snaryadlar oʻrnini toʻldirish uchun AQSh Mudofaa vazirligiga M107 gaubitsalariga 116
ming dona 155 mm snaryad etkazib berishi haqida xabar
bergan edik.
Qoʻshma
Shtatlar Isroilga yordam va Gʻazo sektoriga gumanitar yordam koʻrsatish uchun 26
milliard dollar, Tayvan va Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni taʻʻminlash
uchun 8 milliard dollar ajratmoqda.
"Men
ushbu qonun loyihasini imzolayman va u ish stolimga etib borishi bilanoq Amerika xalqiga
murojaat qilaman. Shundan soʻng joriy haftadan Ukrainaga qurol va jihozlar
yuborishga tayyorgarlik koʻrishimiz mumkin", - dedi prezident Jo Bayden
bayonotida.
Reuters agentligining
xabar berishicha, Bayden hujjatni imzolashi bilanoq Vashington Kievga 1 milliard
dollarlik harbiy yordam paketini joʻnatadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujjatning qabul qilinganini olqishladi.
Taybey AQSh bilan mablagʻlarni qanday toʻgʻri taqsimlashni muhokama qilishini maʻʻlum qildi. Xitoy Davlat
Kengashining Tayvan ishlari boʻyicha boshqarmasi orolga yordam paketiga kiritilishiga “qarshi ekanligini”
bildirdi.
Shunga oʻxshash paket fevralʻ oyida Senatdan oʻtgan, ammo uzoq
vaqtdan beri Palataning kun tartibida turgan edi. Tramp tarafdori boʻlgan respublikachi spiker Mayk
Jonson shu oy boshida toʻsatdan oʻz fikrini oʻzgartirib, mablagʻlarni alohida-alohida muhokama
qilinadigan toʻrtta qonun loyihasi bilan ajratishni taklif qilganida barchasi oʻzgardi. Rejaning Ukraina qismida
yordam grantlar koʻrinishida emas, balki kredit shaklida taqdim etilishi aytilgandi.
Senatdagi demokratlar va respublikachilar etakchilarining
aytishicha, ovoz berish Kongress oʻz yoʻliga qaytganidan darak beradi.
"Ushbu qonun loyihasi Amerika xavfsizligi va Gʻarb
demokratiyalari xavfsizligini himoya qilish uchun juda uzoq vaqt davomida Kongress
tomonidan qabul qilingan eng muhim harakatlardan biridir", dedi Demokratik
koʻpchilik etakchisi Chak Shumer ovoz berishdan keyin jurnalistlarga.
Bundan tashqari, paketga AQShda TikTok ijtimoiy tarmogʻini taqiqlash tashabbusi ham kiritilgan. Qonunchilar
Xitoyning ByteDance kompaniyasiga ijtimoiy tarmoqni sotish uchun bir yil muddat
berishni taklif qilmoqda, aks holda TikTok AQShda taqiqlanishi mumkin.