23.01.2025 10:40

AQSh Kongressi noqonuniy muhojirlarni hibsga olishni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi



AQSh Kongressi jinoyatlarga aloqador boʻlgan noqonuniy muhojirlarni hibsga olishni talab qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi. "Laken Rayli qonuni" deb nomlangan qonun, Senat va Vakillar Palatasida maʻʻqullanib, Tramp tomonidan imzolanish uchun Oq uyga yuborildi. 

Qonun chegaradagi noqonuniy muhojirlarga qarshi choralarni kuchaytirishga qaratilgan boʻlib, chegarachilarga ayrim jinoyatlarga aloqador muhojirlarni sud qarorisiz hibsga olish imkonini beradi. Tramp qonunni tezda imzolashi kutilmoqda.

Shuningdek, AQSh-Meksika chegarasida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida Tramp yangi ijro farmonini imzoladi va chegaraga qoʻshimcha 1500 askar yuborishga qaror qildi.

Eslatib oʻtamiz, https://t.me/azon_global/7672
AQShning 22 shtati prezident Donalʻd Trampning lavozimga oʻtirishi bilan imzolagan ota yoki onasi noqonuniy muhojir boʻlgan bolalarga Amerika fuqaroligini berishni bekor qilish haqidagi farmoniga qarshi sudga shikoyat kiritgandi.