12.11.2024 10:36

AQSh Isroilga -azoliklarning uylarini buzishda ishlatilayotgan bulʻdozerlarni etkazib berishni toʻxtatdi

AQSh tanqidlar ortidan Gʻazodagi uylarni buzishda qoʻllanildayotgani sababli Isroilga 130 dona bulʻdozer etkazib berish boʻyicha kelishuvni muzlatib qoʻydi. Vashington Isroil armiyasi uchun Boeing kompaniyasidan sotib olingan 1300 ta ogʻir bomba etkazib berishni ham toʻxtatgan.
AQSh Gʻazodagi uylarni buzishda qoʻllanildayotgani sababli Isroilga 130 dona bulʻdozer etkazib berish boʻyicha kelishuvni muzlatib qoʻydi, deb xabar bermoqda Isroil matbuoti.
Isroilning "Ediot Axronot" nashri xavfsizlik manbalariga tayanib, Vashington yaqinda kelishuvni toʻxtatib qoʻyganini, chunki Amerikaning Caterpillar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan D9 bulʻdozerlari Gʻazodagi uylarni buzishda foydalanilgani va bu AQShda keng tanqidlarga sabab boʻlganini xabar qildi.
Nashr, shuningdek, bulʻdozer taʻʻminotining muzlashi Isroilning Gʻazo va Negev oʻrtasida bufer zona yaratish rejalarini amalga oshirishni kechiktirayotganini xabar qildi. Rejaga koʻra, boʻshliq hudud tashkil etish uchun Gʻazo chegarasi boʻylab yuzlab falastinliklarning uylari va qishloq xoʻjaligi erlarini buzib tashlanishi kerak. 
Nashrning yozishicha, Vashington Isroil armiyasi uchun Boeing kompaniyasidan sotib olingan 1300 ta ogʻir bomba etkazib berishni ham muzlatib qoʻygan.