08.01.2025 07:57
554

AQSh Guantanamodagi mahbuslarni Ummonga koʻchirdi



AQSh hukumati Guantanamoda saqlanayotgan 11 yamanlik mahbusni Ummonga koʻchirdi. Bu qadam Jo Bayden maʻʻmuriyatining harbiy qamoqxonani yopishga qaratayotgan saʻʻy-harakatlari doirasida amalga oshirilgan eng yirik transfer boʻldi.

Tarixiy jarayon ortidan Kubada joylashgan mazkur qamoqxonada faqatgina 15 mahbus qolgan boʻlib, bu uning 20 yillik faoliyati davomidagi eng past koʻrsatkichdir.

2001 yil 11 sentyabr teraktlarida ayblangan Xolid Shayx Muhammadga nisbatan boʻlayotgan sud jarayonidagi yangi oʻzgarishlar ortidan ushbu transfer amalga oshirilgan. Sud muhokamalari vaqtida Muhammadning oʻlim jazosidan qochish uchun aybini tan olishi kutilmoqda.

Guantanamodan oʻtkazilganlar orasida Muaz Alaviy va Sharqavi Ali Haj kabi mashhur mahbuslar ham bor. Ulardan biri qamoqxonadagi buyumlardan yasalgan qayiq maketlari bilan tanilgan boʻlsa, ikkinchisi esa uzoq muddatli ochlik eʻʻlon qilgan.

Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda terrorizmda gumon qilinganlarni saqlash uchun ochilgan. Ammo xalqaro maydonda uning qonuniyligi va inson huquqlariga nisbatan munosabati jiddiy bahslarga sabab boʻlib kelgan. 

Bayden maʻʻmuriyati uni yopish rejasini amalga oshirishga vaʻʻda bergan boʻlsa-da, ushbu jarayon siyosiy va huquqiy toʻsiqlarga duch kelmoqda.

Qamoqxonadagi mahbuslar soni eng yuqori choʻqqiga etgan 2003 yilda bu erda 680 ga yaqin shaxs saqlangan edi.