28.05.2025 08:19
55

AQSh Gʻazoga hujumlar boshlanganidan beri Isroilga 90 ming tonnadan ortiq qurol-yarogʻ va uskuna joʻnatdi

AQSh Gʻazoga hujumlar boshlanganidan beri Isroilga 90 ming tonnadan ortiq qurol-yarogʻ va uskuna joʻnatdi

2023 yil 7 oktyabrda Gʻazo sari qatliomlar boshlanganidan buyon AQSh Isroilga 90 ming tonnadan ziyod qurol-yarogʻ va harbiy uskunalar joʻnatgani xabar qilindi.

Mustafo Dovechi
27.05.2025 – Yangilangan: 27.05.2025

Anqara
Isroil mudofaa vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Gʻazoda genotsidni davom ettirayotgan Tel-Aviv maъmuriyati uchun AQShdan harbiy uskunalar olib kelgan 800-uchoq bugun Isroilga etib kelgani aytildi.

Maъlumotlarga koʻra, AQSh 7 oktyabrdan buyon Isroilga zirhli texnikalar, oʻq-dorilar, qurol-yarogʻ va boshqa harbiy jihozlardan iborat jami 90 ming tonnadan ziyod yordam joʻnatgan.

Gʻazoda amalga oshirilayotgan qatliomda sheriklikda ayblanayotgan AQShning mazkur harbiy yuklari Isroilga 800 ta samolyot va 140 ta dengiz kemasi orqali etkazilgani taъkidlandi.

Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari natijasida 54 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlganiga qaramay, AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlari Tel-Avivga qurol-yarogʻ etkazib berish va sotishni davom ettirmoqda.

AQSh Isroilga bergan qurol koʻmagi tufayli Gʻazodagi qatliomlarda sheriklikda ayblanmoqda.