31.07.2025 06:21
86
AQSh "Al-Qoida" etakchisi haqidagi maъlumot uchun 10 mln dollar mukofot eъlon qildi
AQSh Davlat departamenti hozirgi kunda Arabiston yarimorolidagi "Al-Qoida" guruhining rahbari Saъad bin Atif al-Avlaqiyning joylashuvi yoki shaxsiyatini aniqlashga yordam beradigan maъlumot uchun mukofot pulini 10 mln dollargacha oshirdi.
Maъlumot uchun, Abu Lays nomi bilan ham tanilgan al-Avlaqiy 2024 yil mart oyida "Al-Qoida"ning avvalgi etakchisi Xolid Batarfiy halok boʻlganidan soʻng guruh rahbari boʻlgan. Amerika rasmiylarining maъlumotlariga koʻra u:
- Oʻz tarafdorlarini AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi hujumlarga chaqirgan;
- Amerika fuqarolarini oʻgʻirlashda ishtirok etgan;
- Yamandagi amerikaliklarga qarshi hujumlarda rahbarlik qilgan.