25.06.2025 06:33
119

Amerikaning Eron yadroviy inshootlariga zarbasi qanchalik taъsir qilgan?


Amerika razvedkasining baholashicha, AQSh qurolli kuchlari tomonidan Eronning yadroviy inshootlariga uyushtirilgan aviahujumlar fors davlati yadroviy dasturidagi asosiy komponentlarni yoʻq qilolmadi.

Mazkur maъlumot AQSh mudofaa vazirligi qoshidagi razvedka boshqarmasi (DIA) tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, xulosalar AQSh markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) tomonidan amalga oshirilgan zararni baholashga asoslangan.

Eъtiborlisi, ushbu razvedka maъlumotlari AQSh prezidenti Donalьd Trampning Eron yadroviy dasturi "toʻliq yoʻq qilingani" haqidagi bayonotlariga toʻgʻri kelmaydi.

Mavzuga aloqador