02.06.2025 08:18
85
Afgʻonistonda ikki yirik energetika obъekti qurilishi boshlandi
Afgʻonistonda ikki yirik energetika inshooti — shamol elektr stantsiyasi va quyosh elektrostantsiyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda «RIA Novosti» milliy energetika kompaniyasi «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) maъlumotiga tayanib xabar berdi.
Shamol energetikasi obъekti Hirot viloyatida joylashadi va uning toʻliq quvvati 200 megavattni tashkil etadi. Loyihaning dastlabki bosqichida stantsiya 43,2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Kompaniya vakillarining taъkidlashicha, bu bilan Afgʻoniston geografik joylashuvi tufayli mavjud ulkan shamol salohiyatidan samarali foydalanadi. Mamlakat “shamol koridori” sifatida katta imkoniyatga ega.
Qurilish boshlanishiga bagʻishlangan marosimda bosh vazir Abdul Gʻani Baradar, iqtisod vaziri Din Muhammad Xanif va Hirot viloyati hokimi Nur Ahmad Islamjar ishtirok etdi.