18.01.2025 09:07
360

Afgʻonistonda amaldorlarga bir vaqtda ikki lavozimda ishlash taqiqlandi



Afgʻoniston Islom Amirligi amiri Haybatulloh Oxundzoda davlat amaldorlariga bir vaqtning oʻzida bir nechta lavozimni egallashni taqiqlovchi yangi farmonni eʻʻlon qildi. Bu haqda mahalliy rasmiy manbalar xabar bermoqda.

Mazkur farmon barcha darajadagi davlat xizmatchilariga nisbatan tatbiq etilib, mansabdorlar bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq lavozimlarni bajarishi taqiqlanadi. Qoidani buzganlar oʻzlari egallab turgan lavozimlardan biri foydasiga tanlov qilishlari shart.

Ushbu farmon ilk bor 2023 yil 20 iyunda eʻʻlon qilingan boʻlsa-da, bugungi kunda uning ahamiyati yana bir bor qayd etildi. Maqsad — davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish va manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etishdir.

Bu cheklov Afgʻonistonda boshqaruv tizimini mustahkamlash va barqarorlikni taʻʻminlash yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam sifatida qayd etilmoqda.