27.01.2025 11:29
339
Afgʻoniston hukumati kanadalik faxriyni qamoqdan ozod qildi
Afgʻoniston hukumati Kanada qurolli kuchlari faxriysi Devid Laverini 2,5 oylik hibsdan soʻng ozod qildi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Laveri Qatarning vositachiligida ozod qilingan. Biroq uning qanday sharoitlarda hibsga olingani hanuz aniq emas. Taxminlarga koʻra, hodisa Kobul aeroportida sodir boʻlgan.
Devid Laveri Afgʻonistonga tez-tez "insonparvarlik missiyasi" bilan tashrif buyurgani aytilmoqda. Baʻʻzi maʻʻlumotlarga koʻra, u Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin yuzga yaqin afgʻon fuqarosining mamlakatdan chiqib ketishiga yordam bergan. Ularning aksariyati avvalgi hukumat tuzumiga aloqador shaxslar boʻlgan.
Shuningdek, Afgʻoniston va Eron hukumatlari oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgani haqida ham xabar berildi.