BBC oʻz hamkorlari bilan birgalikda, ochiq maʻʻlumotlarga tayangan holda Rossiyaning Ukrainadagi urushda yoʻqotgan harbiylarining taxminiy sonini hisob-kitob qilib chiqdi. Yakuniy xulosalarga koʻra, Rossiya tomonida halok boʻlganlarning haqiqiy soni 107 864 dan 155 804 gacha boʻlishi mumkin. Urush avvalida asosan oʻrtacha 21 yoshdagi askarlar halok boʻlgan boʻlsa, hozirda 40, 50 va hatto 70 yoshli koʻngillilar orasida qurbonlar koʻpchilikni tashkil etmoqda.

BBC “Mediazona” va koʻngillilar guruhi bilan birgalikda, ochiq maʻʻlumotlarga asoslangan holda Ukrainadagi urushda halok boʻlgan 70 mingdan ortiq rossiyalik harbiylarning ismlarini aniqladi. Vafot etgan har beshinchi odam urush boshlanganidan keyin Rossiya armiyasi yoki Rosgvardiya bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan kishi boʻlgan.

Minglab nekrologlar butun urush davomida halok boʻlgan oʻrtacha rus jangchisining qiyofasi qanday oʻzgarganini koʻrsatadi.

BBC 2022 yilda oʻlimini tasdiqlatgan oddiy harbiy xizmatchi oʻrtacha 21 yoshda boʻlgan va shartnoma asosida maxsus kuchlar, havo-desant kuchlari yoki dengiz piyodalari kabi elita boʻlinmalarida xizmat qilgan. Bugungi kunda esa 40, 50 va hatto 60 yoshli erkaklar, aksariyat hollarda jangovar tajriba yoki maxsus tayyorgarliksiz frontga joʻnatilmoqda.

Fuqarolik hayotidan frontgacha

Ayni paytda eng koʻp rossiyalik harbiy qurbonlar koʻngillilar orasida berilmoqda. Bu askarlar professional askarlardan juda farq qiladi: urushdan oldin ular koʻp yillar davomida fuqarolik sektorida ishlagan va frontga yuborilgunga qadar uch kundan oʻn kungacha davom etgan tayyorgarlikdan oʻtgan, xolos.

Oʻrganishlarda urushda kamida 13 781 nafar koʻngilli halok boʻlgani aniqlandi. Bu – Rossiya tomonida tasdiqlangan yoʻqotishlarning 20 foizini tashkil qiladi. 2024 yil sentyabrʻ oyidan boshlab koʻngillilar yoʻqotishlari urush qatnashchilarining boshqa toifalari, shu jumladan mahbuslar (barcha aniqlangan oʻlimlarning 19%) va safarbar qilinganlar (13%) yoʻqotishlaridan oshib ketdi.

Hozirgi kunda urushda asosan 42 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan koʻngillilar halok boʻlishmoqda – bu ushbu toifadagi barcha oʻlimlarning 30 foizini tashkil qiladi. Oʻlgan eng keksa koʻngilli 71 yoshda, jami 60 yoshdan oshgan 250 nafar koʻngilli urushda halok boʻlgan.

2022 yil aprelidan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida koʻngilli boʻlinmalar muhim rolʻ oʻynashni boshladi. Harbiy qoʻmondonlik bosqinning dastlabki oylarida omon qolgan desantchilar va maxsus kuchlarni avaylashni boshladi, ulardan pozitsiyalarni egallash va snayper operatsiyalari uchun foydalanmoqda.

2022 yil oxiri va 2023 yil boshida frontning eng qiyin jabhalari mahbuslar otryadlari tomonidan qoplana boshlandi. Biroq 2024 yil boshiga kelib, ushbu birliklar soni pasayib ketdi.

Eʻʻlon qilingan nekrologlarga koʻra, koʻngillilarni yollash hozirda Ukrainada joylashgan Rossiya harbiylari safini toʻldirishning asosiy usuli hisoblanadi.

Rossiya armiyasi Vagner guruhi taktikasini qoʻllashda davom etmoqda - turli yoʻnalishlarda kichik hujum guruhlari yordamida toʻlqinsimon hujum uyushtirilmoqda. Bu usul askarlar orasida katta yoʻqotishlariga olib keladi, lekin dushmanni charchatadi va Ukraina artilleriyasining mudofaa kuchini pasaytiradi.

Halok boʻlgan zobitlar

Rossiya urush boshidan buyon Ukrainada 4104 zobitini, shu jumladan 7 general va podpolkovnik hamda undan yuqori darajali yana 458 kishini yoʻqotdi.

Halok boʻlgan ofitserlar orasida 1142 nafar elita kuchlari zobitlari (Havo-desant kuchlari, dengiz piyodalari korpusi, maxsus kuchlar, Rossiya gvardiyasining maxsus boʻlinmalari, shuningdek, harbiy uchuvchilar) bor.

Yuqoridagi hisob-kitoblar hisobga olinsa, Rossiya tomonida halok boʻlganlarning haqiqiy soni 107 864 dan 155 804 gacha boʻlishi mumkin.

Agar oʻzini oʻzi mustaqil deb eʻʻlon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari boʻlinmalari tarkibida Ukrainaga qarshi jang qilganlarni roʻyxatga kiritiladigan boʻlsa, Rossiya tomonidagi yoʻqotishlarning umumiy soni sezilarli darajada oshadi.

Uzoq vaqt davomida aloqada boʻlmagan LDNR aʻʻzolarini qidirish haqidagi eʻʻlon qilingan nekrolog va xabarlarni oʻrgangan BBC shu yil sentyabrʻ oyi oxiri holatiga koʻra, 21 000 - 23 500 kishi halok boʻlishi mumkin degan xulosaga kelgan.

Toʻplangan maʻʻlumotlarga asoslanib, rossiyaparast kuchlar tomonidan qurbonlarning umumiy soni 129 000 dan 180 000 harbiy xizmatchilar oraligʻida boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Oʻlganlardan tashqari, urushda ogʻir yaradorlar (jarohat tufayli xizmatdan boʻshatilgan) va bedarak yoʻqolganlarni ham bor. Ochiq maʻʻlumotlar asosida ushbu toifalarning hatto taxminan sonini aniqlash juda qiyin, chunki ular haqida deyarli xabar berilmaydi. Ogʻir jarohatlanganlar soni boʻyicha eng konservativ hisob-kitob Mediazona va Meduza tomonidan 2022 yilda jarohatlar uchun tovon toʻlovlari asosida tuzilgan.

Ushbu maʻʻlumotlarni hisobga olgan holda, ogʻir yaradorlarning oʻliklarga nisbati kamida 1,7-2 ga 1 nisbatda boʻlishi mumkin, yaʻʻni har bir oʻlik uchun yana ikkita ogʻir yarador, tuzatib boʻlmaydigan darajada sogʻligʻini yoʻqotgan harbiylar. Rossiya tomonida yaradorlar va oʻliklarning umumiy nisbati har bir oʻlgan kishiga 4 yaradorni tashkil qilishi mumkin.

Shunday qilib, Rossiya tomonidagi tuzatib boʻlmaydigan yoʻqotishlar soni, ogʻir yaradorlarni hisobga olgan holda, 387 dan 540 ming kishigacha boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador