08.12.2024 06:51
999

54 yillik Asad tuzumi quladi - tarmoqlar



Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatni tark etib, 54 yillik Asad tuzumi barham topdi. Poytaxt va mamlakatning asosiy qismi muxolifat qoʻliga oʻtdi. Asad askarlari harbiy liboslarini koʻchalarda echib, tinch aholi qiyofasida qochishga tushgan.

Suriyada "Hayʻʻat Tahrir ash-Shom" boshchiligidagi muxolif guruhlar Homsdan keyin Damashqqa ham kirdi. Prezident Bashar Asad Damashqni tark etdi. Asadning yoʻli qanday ekanligi hozircha nomaʻʻlum. Suriya armiyasi qoʻmondonligi oʻz zobitlariga Asad rejimining qulaganini maʻʻlum qildi. 

Shunday qilib, Suriyada yuz minlab insonlarning oʻlimiga, millionlab fuqarolarning mahbus va qochqinlarga aylanishiga sabab boʻlgan 54 yillik Asad rejimi barham topdi. 

Ayni paytda poytaxt va mamlakatning katta qismi, jumladan Humus shahri muxolifat qoʻlida. Mamlakatdagi Asad oilasiga tegishli haykallar qulatilmoqda. 

Damashqdagi Suriya Mudofaa vazirligi va milliy armiyaning mushtarak qarorgohida hech kim yoʻq.
Muxolifat tele va radiokanallarni qoʻlga kiritdi. 

Damashq xalqaro aeroporti yopilishidan qisqa muddat ilgari havoga koʻtarilgan Il-76T (SYR9218) samolyoti 3,6 km balandlikdan 1 km ga tushganidan soʻng radarlardan yoʻqolgan.

Damashqda joylashgan Saydana qamoqxonasidagi mahbuslar ozod qilindi.

Muxolifat qoʻmondonligi:

"Dunyoning toʻrt tomonidagi suriyaliklarga yuzlanmoqdamiz: Ozod Suriya sizni kutmoqda".

Suriya bosh vaziri Muhammad Gʻozi al-Jaloliy xalq tanlagan har qanday maʻʻmuriyat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi. (Reuters)

Ayni paytda muxolifat kuchlari Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) nazorati ostida boʻlgan Dayr-az-Zor shahriga kirishni boshladi.