04.06.2025 16:04
324

Tashriq takbirlari qachon va qanday aytiladi?

Bu yilgi takbiri tashriq 5 iyunь bomdod namozidan boshlanib, hayitning toʻrtinchi kuni, yaъni 9 iyunь asr namoziga qadar aytiladi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi maъlum qildi.

Hanafiy mazhabida tashriq kunlari hayit kunidan keyingi uch kun hisoblanadi. Demak, takbiri tashriq arafa kuni bomdod namozining farzidan soʻng aytish boshlanadi va hayitning toʻrtinchi kuni asr namozida oxirgi takbiri tashriq aytiladi. Shu bilan tugaydi. Shunda besh kun davomida umumiy 23 ta namozdan soʻng takbiri tashriq aytilgan boʻladi.

Tashriq takbirlari quyidagicha aytiladi:

“Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illallohu Vallohu akbar, Allohu akbar! Va lillahil hamd!”

Tarjimasi: “Alloh buyukdir, Alloh buyukdir, Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir, barcha maqtovlar U Zotga xosdir!”

Agar oʻsha namozlar qazo qilinsa, uning qazosini tashriq kunlaridan boshqa vaqtlarda oʻqilsa ham, ortidan takbir aytiladi.

Bundan tashqari, yurgan, oʻtirgan paytlarda takbir aytishning zarari yoʻq, balki mustahab amaldir.

Ayollar esa takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qoʻshilgan kishi ham namozini toʻliq oʻqib boʻlganidan keyin takbiri tashriqni aytadi.

Mavzuga aloqador