08.12.2023 19:45

QABRGA QOʻYILGAN MAYYITNI YuZINI OChIB QOʻYISh KERAKMI?

CAVOL: Yaqinda akam olamdan oʻtdi. Akamni koʻmish jarayonida ilmli insonlar oʻzaro tortishib qolishdi. Bir guruh odamlar “mayyit lahadga qoʻyilayotganda yuzi ochib qoʻyiladi desa, yana bir guruh insonlar yuzni yopib qoʻyish kerak” deyishdi. Mana shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Inson vafot etgandan keyin uni yuvish, kafanlash, janoza oʻqish va qabrga qoʻyish kabi masalalar Paygʻambarimiz alayhissalomning koʻrsatmalari boʻyicha amalga oshiriladi. Unga koʻra mayyitni qabrga oʻng yonboshi bilan yotqizib, yuzini qiblaga qaratib, kafanini ochmasdan koʻmiladi. Qabrga qoʻyilganda mayyitni yuzini ochib qoʻyish shariatga xilof ishdir. Qolaversa, mayyit kafanlangach dunyo hayotidan barzax hayotiga oʻtgan hisoblanadi. Shu sababli baʻʻzan yuzi qoraygan boʻlishi yoki boshqa oʻzgarishlar boʻlsa uning haqqida yomon gumonga bormaslik uchun ham yuzini ochmaslikka harakat qilish kerak. Vallohu aʻʻlam.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
https://t.me/diniysavollar/1758

Mavzuga aloqador