Muslima ayolning musulmon boʻlmagan kimsa bilan turmush qurishining hukmi
Har qanday holatda muslima ayolning musulmon boʻlmagan kimsa bilan nikohlanishi joiz emas. Alloh taolo aytadi:
– “Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, moʻmin qul mushrikdan, garchi u sizni qiziqtirsa ham, yaxshidir”, (Baqara surasi, 221 oyat).
– “Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol boʻlmaslar”, (Baqara surasi, 10 oyat).
Shu bilan birga muslima ayolning gʻayridin kimsaning musulmon boʻlishini umid qilishi bu ishni oqlab bermaydi. Bu narsa bir taxmin boʻlib, haromni halol qilib bermaydi.
Shuningdek, ayol kishi Islomni qabul qilsa-yu eri kofir boʻlsa, u ayol Islomga kirishi bilan ularning oʻrtalaridagi nikoh buziladi. Ayolning idda davrida ekanligida eri ham musulmon boʻlsa, unda avvalgi nikoh buzilib ulgurmagan boʻladi va qaytarib olishi mumkin.
Agar eri ayolning iddasidan keyin musulmon boʻladigan boʻlsa, unda yangidan nikoh oʻqitish orqaligina ayolini qaytarib ololadi. Bu borada qadim va hozirdagi ulamolar ittifoq qilishgan. Lekin musulmon boʻlmagan erkakning musulmon boʻlishini umid qilish shariatning bu boradagi hukmini oʻzgartirmaydi.
Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy