15.05.2024 18:00
1375

Roji Garodi


Roji Garodi 1913 yil 17 iyulda Marselda tugʻilgan. Ota-onasi eʻʻtiqodsiz boʻlsa-da, Roji oʻn toʻrt yoshida "oʻz hayoti mazmunli boʻlishini istagani uchun" nasroniylikni qabul qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida koʻrsatgan qahramonliklari evaziga minnatdorlik medali bilan taqdirlangan. U kazarmada Frantsiya hukumatining Gitler bilan kelishuviga norozilik bildiruvchi varaqalar tayyorlagani bois Frantsiyaning Jazoir mustamlakasidagi surgun lageriga joʻnatilgan. U oʻttiz uch oy qamoq va lager hayotida yashadi. Lager mudirining buyrugʻiga boʻysunmagani uchun uni otib tashlamoqchi boʻlishganida, iboziyya tariqatidan boʻlgan musulmon askarlarining “Bizning eʻʻtiqodimizga koʻra, qurolsiz odamni otib boʻlmaydi”, degan eʻʻtirozi tufayli qutulib qoladi. U faylasuf Gaston Bachelard qoʻl ostida dissertatsiya tayyorlagan va Sorbonna universiteti va Moskva Fanlar akademiyasida falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. U falsafa va estetika professori boʻldi. Nemis, ingliz, rus tillarini, islomni qabul qilgandan keyin esa arab tillarini puxta oʻrgandi. U oʻn olti yil parlamentda deputat, senator va parlament spikeri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. U dunyoning etakchi siyosatchilari, sanʻʻati, adabiyoti, olimlari, ziyolilari bilan doʻstlashdi.

Garodi umrining oxirigacha insoniyatga foyda keltiradigan tizimlar, usullar va amaliyotlarni topish va eʻʻlon qilish ilinjida dunyo boʻylab sayohat qildi. Oxir oqibat, u islomni oʻzining idealiga eng mos keladigan din deb bildi va 1982 yil 2 iyulda Jenevada musulmon boʻldi. Umra qildi. U Falastin daʻʻvosini qoʻllab-quvvatlagani va kitoblarida Isroil zulmini ifodalagani uchun Gʻarb matbuoti va nashrlari tomonidan qoralandi; Shunday qilib, uning uchun yirik kitob doʻkonlari va nashriyot kompaniyalarining eshiklari yopildi. Hatto turk tiliga ham tarjima qilingan “Isroil afsonalari va terrori” nomli kitobi uchun jazolangan. U 2012 yil 13 iyunda Parijda vafot etdi. Gʻarb ommaviy axborot vositalari Garodining oʻlimi haqidagi xabarni quyidagi sarlavha bilan tarqatdi: "Sobiq kommunist va genotsidni inkor etuvchi (inkorchi) Garodi vafot etdi". Biroq, Garodi hech qachon yahudiylarning qirgʻinini inkor etmagan, aksincha, oʻzining "Isroil afsonalari va terrori", "Sionizm fayli", "Falastin", "Ilohiy xabarlar yurti" va "Mening guvohlarim" kabi kitoblari va konferentsiyalarida hatto bitta yahudiyning nohaq oʻldirilishi insoniyatga qarshi jinoyat ekani va uni sodir etgan shaxs qotil deb hisoblanishi kerakligini aytgan edi. Biroq, Garodining soʻzlariga koʻra, yahudiylar oʻldirilgan Ikkinchi jahon urushida 60 million kishi halok boʻlgan. Bular jahon urushida faqat yahudiylar oʻldirilgandek targʻibot olib bormoqdalar, garchi oʻshanda tsiganlar va ulardan uch-besh baravar koʻp slavyanlar ham oʻldirilgan boʻlsa-da, ular faqat yahudiy qirgʻini haqida filʻmlar suratga olishmoqda, romanlar yozishmoqda, muzeylar tashkil qilmoqda va shu tariqa miyalarni tinimsiz yuvishmoqda.

Siyosat

Samoviy qadriyatlardan yiroq siyosatni “loy siyosati” deb taʻʻriflagan Garodi bu haqiqatni parlament hayotida bilib oldi: Hukumat uchun siyosat miya yuvish vositasi. U oʻz tajribalariga asoslanib, siyosatni minglab yillar davomida insoniyat tinchligi va baxt-saodati uchun vosita sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidladi. U oʻzining umumbashariy jihati bilan muvofiq siyosatni faqat tabiat, oʻzga odamlar va Xudo bilan insoniy munosabatlar oʻrnatish orqali yaratish mumkinligini, buning namunalarini turli din va hikmatlardan oʻrganish kerakligini urgʻulagan.

Gʻarbni tanqid qilish

Garodi fikricha, Gʻarb Uygʻonish davridan boshlab asta-sekin Xudoga boʻlgan eʻʻtiqoddan uzoqlashdi, Xudodan voz kechib, odamlarni markazga olib keldi, uning faylasuflari Xudo oʻlganligini taʻʻkidlab, pozitivizm va ilm-fan har bir muammoga javobi bera olishiga ishondi va shu tariqa pul va kuchni yangi butlarga aylantirdi. Foydalidan koʻproq foydasiz va hatto zararli talay narsalarni ishlab chiqaradigan Gʻarb keyinchalik ularni doimiy isteʻʻmol qilishga asoslangan iqtisodiy tizimni oʻrnatdi. Garodi isteʻʻmol zehniyatini tubdan oʻzgartirgan bu iqtisodiyotni "bozor monoteizmi" deb atadi; Uning taʻʻkidlashicha, Gʻarb dunyo davlatlarini xuddi shu yoʻnalishga yoʻnaltirib, sayyoramizni oʻz joniga qasd qilishga undamoqda. Uning fikricha, Gʻarb mentaliteti tafakkuri keltirib chiqargan yana bir muhim muammo atrof-muhit bilan bogʻliq. Atrof-muhitdan, atom energiyasidan notoʻgʻri foydalanish, er usti va er osti boyliklarini isrof qilish “avlodlarni oʻz huquqlaridan mahrum aylash” demakdir. U oʻzining "Tiriklikka xitob" nomli katta kitobida muqobil energiya manbalari haqida takliflar beradi va dunyoda, asosan, Gʻarb dunyosida isrofgarchilikning oldini olish uchun echim topishni talab qiladi. U Gʻarbning qanday mentalitetga ega ekanligini va bu mentalitetni nima uchun rad etish kerakligini qisqacha quyidagicha bayon qiladi:

Xudo inkor etilgan iqtisodiyotning shafqatsiz usullari va amaliyotlarini qabul qilish imkonsiz. Gʻarb uslubidagi boshqaruv, millatchilik va Xudoni oʻz ichiga olmagan blok siyosati insoniyatga tinchlik olib kelolmaydi. Unda Xudo yoʻq, “Qaerdan keldik, qayoqqa ketyapmiz?” kabi savollarni javobsiz qoldiradigan, hokimiyatga ega boʻlishdan boshqa maqsadni tan olmaydigan, ilm-fanni emas, sayntizmni oʻzlashtirgan dunyoqarash (paradigma) insoniyatga baxt keltira olmaydi. Darhaqiqat, Gʻarb tipidagi individualistik jamiyatlarning harakatlantiruvchi kuchi bozor iqtisodiyoti boʻlib, bu tuzumda kuchlilar ojizlarni ezgʻilaydi, maktab va universitetlar bozorga aylangani uchun kambagʻallar ichidagi isteʻʻdodli nomzodlarga oʻrin qolmaydi, shuning uchun ham kambagʻallar tarbiyaviy qirgʻinga duchor boʻlishadi. Oʻsha nohaq gʻildirak dunyoni ezadi. Zero, rivojlangan davlatlar sayyoramizdagi boylikning 80 foizini nazorat qiladi va bu boylikdan dunyo aholisining atigi 20 foizigina foydalanadi.

Garodi, shuningdek, Gʻarbni oʻzini dunyoning markazi deb bilganligi va undan tashqaridagilarni vahshiylar yangligʻ koʻrsatayotgani uchun qattiq tanqid qilgan va oʻzining bir talay asarlarida Gʻarbning bunday takabburligi va oʻziga mahliyolik kayfiyatini yoʻq qilishga uringan.

Gʻarb falsafasi

 Garodi fikricha, Gʻarb falsafasining eng katta nuqsoni uning borliq falsafasi bilan shugʻullanishidadir. Holbuki, insoniyat uchun zarur boʻlgan falsafiy mulohazalar nazariyaga emas, harakatga asoslangan falsafa boʻlib, harakatning muhimligini taʻʻkidlaydi.  Garodi musulmon boʻlgandan soʻng, Qurʻʻondagi U zot har kuni ish amaldadir (Rahmon, 29) oyatini koʻrib, barcha asarlarida insonlar uchun eng muhim narsa “harakat” boʻlishi kerakligini taʻʻkidlagan. Garodining fikricha, Gʻarb falsafasining yana bir kamchiligi uning fitratdan uzoqlashish, ilohiy Oliylikni inkor etishi va oʻzini oʻzi taʻʻminlashga urinishidir. Uning fikricha, Dekart Gʻarb kishisiga tabiatning egasi va xoʻjayini boʻlishni maslahat bergan. Suqrotning «daymon»idan Platonning «ezgulik gʻoyasi», Aristotelning «harakatsiz harakatlantiruvchi»sidan Dekartning «ontologik isboti»gacha rivojlangan Gʻarb falsafasida Xudo hayot manbai emas. Garodi gʻaybni rad etuvchi, oʻzini Xudodan mustaqil deb biladigan, vahiyni qabul qilmaydigan va faqat aql bilan qanoatlanadigan falsafa odamlarni najot sari etaklay olmaydi, degan fikrga keldi. Roji Garodi koʻplab taniqli shaxslar bilan intellektual va falsafiy mavzularda muvaffaqiyatli munozaralar olib borgan.

Ular eshitadilar

 Garodi Qadimgi Misr va Qadimgi Amerika hindu dinlaridan tortib zardushtiylik, daosizm, konfutsiylik, hinduizm, buddizm, iudaizm, nasroniylik va islom dinigacha boʻlgan barcha dinlarni oʻrgangan va bu dinlarning muqaddas yoki asosiy kitoblarini chuqur tadqiq etgan. Tiriklikka chaqiruv, Insoniyatning tsivilizatsiya dostoni, Dinlar urushi sari? nomli asarlarida bu bilimlar yaqqol koʻrinadi. Garodi musulmon boʻlishidan oldin insoniyatga boʻlgan hurmati tufayli insoniyat dinlariga jiddiy ahamiyat qaratgan. Musulmonlikni qabul qilganidan keyin Garodi Qurʻʻondagi “Biz har bir paygʻambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun oʻz qavmining tili bilan (soʻzlaydigan qilib) yuborganmiz.” (Ibrohim, 4) oyati ustida fikr qildi.

U madaniyatlar faqat bir-birini oziqlantirgan holda rivojlanishi mumkinligini, qadimgi yunon tsivilizatsiyasi gʻarbliklar daʻʻvo qilganidek Evropadan emas, balki Mesopotamiya, Misr va Anadoludan kelib chiqqanligini isbotlab berdi. Garodi fikricha, bugungi kungacha saqlanib qolgan tsivilizatsiyalar ichida faqat zamonaviy Gʻarb tsivilizatsiyasi dunyoda hukmronlik qilgan, gʻayb va ilohiy oʻlchovdan uzilgan va Uygʻonish davridan beri rivojlanib, bu hukmronlik bilan insoniyatni oʻz joniga qasd qilishga olib keldi. Uning fikricha, Gʻarb va u bilan birga butun dunyo bu dahshatli ofatdan xalos boʻlishi uchun islomdan bahramand boʻlishi, inson va dunyo, inson va tabiat, inson va Xudo oʻrtasida yangi uygʻun munosabatlar oʻrnatilishi zarur.

 Garodi va Islom

1981 yilda nashr etilgan "Islom vaʻʻdalari va “Kelajagimiz islom bilan" nomli asarlaridan soʻng 1982 yilda islomni qabul qilgan Garodi islom insoniyatni Xudo, inson va tabiat bilan birlashtiradi va shu tariqa dunyoda hukmronlik qilayotgan Gʻarb tsivilizatsiyasini isloh qilib, dunyo va dunyomizni oʻz joniga qasd qilishdan qutqaradi deb hisoblaydi. U oʻzining koʻplab kitoblarida, xususan, “Masjidlar”, “Islom koʻzgusi”, “Islom va insoniyat kelajagi” kabi kitoblarida Islom dinidagi namoz, roʻza, haj va qurbonlikning insonni bir-biriga yaqinlashtirishda nihoyatda muhim ekanligini taʻʻsirchan uslubda ifoda etgan. U bu ibodatlarni musulmonlar ruhan etarlicha anglamagani va ular ruhsiz rasmiyatchilik bilan niqoblanganidan shikoyat qiladi. U oʻzining “Gʻarbdagi Islom”, “Maʻʻnaviyat poytaxti Qurtuba” va “Insoniyat tsivilizatsiyasi dostoni” nomli va boshqa koʻplab asarlarida musulmonlarni Qurʻʻonni teran koʻz va tiyrak tafakkur bilan oʻqishga chorlaydi, shunchaki, koʻr-koʻrona oʻqib qoʻyishni qoralaydi. U Qurʻʻon va Sunnatni bugungi sharoitda va bugungi savollarga javob beradigan nuqtai nazardan koʻrib chiqish kerakligini taʻʻkidlaydi. Uning aytishicha, islom dini ogohlik bilan tatbiq etilgan va baholangan davrlarda musulmonlar Atlantika okeanidan Hindiston va Xitoygacha yoyilib ketgan, Ispaniya esa juda oz kuch bilan osonlik ila zabt etilgan, chunki oʻshanda odamlar tom maʻʻnoda islomiy adolatga intilib yashaganlar. Musulmonlar tafakkurni tark qilgan, qadimgilar aytgan gaplarni takrorlay boshlaganida, ijtihod eshigi yopilib, islom olami avval turgʻun boʻlib qoldi, keyin esa quladi, deb taʻʻkidlaydi u. Garodining soʻzlariga koʻra, shariat biz loyqa suv olishimiz mumkin boʻlgan turgʻun hovuz emas, chunki bunda biz chanqogʻimizni qondirishdan koʻra oʻzimizni aldagan boʻlamiz. Shariat – sharqirab, mavjlanib oqadigan, qirgʻoqlarida baraka yogʻilib turadigan goʻzal daryodir.

 Garodi, ayniqsa, Islom va insoniyat kelajagi nomli kitobida tasavvuf haqidagi fikrlarini bildiradi; U soʻfiylikni eʻʻtiqodning oʻlchovi, islomning ichki jihati deb biladi. U tasavvuf nasroniy soʻfiylik va hind falsafasidan kelib chiqmaganini, balki toʻgʻridan-toʻgʻri Qurʻʻondan suv ichganligini qatʻʻiy taʻʻkidlaydi. Xossatan, Robiya al-Adaviyya, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Muhyiddin Ibn Arabiy va Fariduddin Attorga hayratini bildiradi. Xristian olamining buyuk soʻfiylari musulmon mutasavviflaridan chuqur taʻʻsirlanganligini ochib beradi.

Faoliyati

Garodining oltmishdan ortiq asari bor, ammo uning oltmish-etmish sahifali nashrlari hisobga olinsa, bu raqam saksondan oshadi. Garodi haqida yirik asar yozgan Prazan va Minardning yozishicha, mutafakkirning asarlari soni saksonta. Shuningdek, uning yuzlab maqolalari, fondi, hozirda yopilgan ikkita instituti (ulardan biri 1974 yilda u asos solgan Xalqaro tsivilizatsiyalar muloqoti instituti), ikkita universitet (Kuba universiteti, Senegaldagi Gor orolida tashkil etilgan Birja universiteti) va u yurgizgan Afrika madaniyati boʻyicha bir qator institutlar. Undan badiiy filʻm (Qora Dionis), Ispaniya davlat kanalida koʻrsatiladigan islom sanʻʻati haqidagi teleserial va yuzlab maʻʻruzalar qolgan. U haqida oʻttizdan ortiq asarlar yozilgan.