-
Livandagi yangi portlashlar oqibatida kamida 9 kishi halok boʻldi, yana 300 kishi yaralandi. Bu safar radiolar, telefonlar, barmoq izlari qurilmalari, shuningdek, quyosh batareyalari va litiy-ionli batareyalardan quvvat oladigan qurilmalar portlagan.
-
-
Yuz berayotgan voqealarni tahlil qilsak, koʻpchilik musulmonlar tomonidan sodir etilgan barcha terroristik hujumlarda Gʻarbning tashqi siyosati qolib, nuqul Islom dinini ayblayotganiga guvoh boʻlamiz. Boisi Gʻarbning tashqi siyosatini tahlil qilish va uning terrorizm bilan aloqadorligini oʻrganish, sodir etilgan hujumlarda Islomni ayblashga nisbatan qiyinroq.
-
Afgʻonistonning Ummondagi elchixonasi qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. Qayd etilishicha, elchixona faoliyati "Tolibon" tayinlagan diplomatlar tomonidan yuritilmoqda. Hozirda dunyoning 39 ta davlatida afgʻon diplomatik vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 348 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konidan vodorod sulʻfid (oltingugurt gazi) sizib chiqishi qaytadan boshlandi. 4 kishi halok boʻlgani aytilmoqda (rasmiy manbalarda – 2 kishi), jarohatlanganlar ham bor.
-
Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yoʻlida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadam ekani qayd etildi.
-
Livanda “Hizbulloh” harakati aʻʻzolari foydalangan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi. Portlashlar natijasida jami 9 kishi, jumladan bir bola halok boʻldi, 2800 kishi jarohatlandi, ulardan 200 nafarining ahvoli ogʻir. Tafsilotlar
-
Dunyodagi urushlar vayronagarchilik keltirishi, inson huquqlarining keng miqyosda buzilishi va gumanitar xalqaro vaziyatni izdan chiqarishi sir emas. Shunga qaramay, jahonda urushlarga butunlay boshqa tarafdan – manfaat nuqtai nazaridan qaraydigan oʻyinchilar ham bor. Urush tujjorlari uchun turfa xalqlar tortayotgan azob-uqubatlar qurol sotishdan olinadigan milliardlab dollarlik foydaga taqqoslaganda arzimasdir.