Turkiyaning ilk astronavti bu oqshom kosmosga uchadi
Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji 18 yanvarga oʻtar kechasi uchinchi Axiom (Ax-3) tijoriy missiyasi tarkibida Xalqaro kosmik stantsiyaga parvoz qiladi.
Uchish AQShning
Florida shtatidagi Kennedi nomidagi kosmik markaz platsdarmida SpaceX shafeligi
ostida amalga oshiriladi.
Gezeravjining
ushbu parvozi Turkiyaning koinotni tadqiq etish borasidagi koʻp yillik saʻʻy-harakatlari
natijasi hisoblanadi. Xususan, Turkiya 2018 yil 13 dekabrda oʻzining kosmik
agentligini yaratib, bu boradagi ilk ulkan odimini tashladi. 2021 yil 9 fevralʻ
kuni prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Turkiya milliy kosmik dasturini taqdim etdi.
Turk fuqarosini XKSga uchirish dasturning oʻnta maqsadidan biri edi.
Gezeravji
koinotga birinchi parvozini amalga oshiradigan kosmik kema 19 yanvarʻ kuni soat
13.15 da XKSga tutashadi.
Maʻʻlumot
uchun, 2022 yil may oyida Turkiya kosmik agentligi “Turk koinot sayohatchisi va
ilm-fan missiyasi” uchun 2 nafar Turkiya fuqarosi tanlab olinishi haqida eʻʻlon
berdi. Ilk turk kosmonavtiga aylanish uchun 36 ming nomzod ariza topshirdi.
Nomzodlardan 30 nafari Anqaraga chaqirildi. Nomzodlarni tanlashda muhandislik,
fizika, tibbiyot va astronomiya sohalaridagi faoliyati bilan bir qatorda qaysi sport
turlari bilan shugʻullanishi ham hal qiluvchi boʻldi. Kerakli shartlarni bajargan
nomzodlar Anqarada tibbiy va psixologik testlardan oʻtdi.
Gezeravji
Xalqaro kosmik stantsiyada 14 kun davomida turli ilmiy vazifalarni bajaradi. Jumladan,
kosmosda saraton, immunitet hujayralari, suv oʻtlari, propolis va boshqalar ustida
13 ta tajriba oʻtkaziladi.
Qayd
etilishicha, kelgusida Turkiya hukumati Milliy kosmik dastur maqsadlariga erishish
uchun faol harakatlarni davom ettiradi. Uning doirasida ikkinchi turk kosmonavti
Tuva Jihangir Atasever aprelʻ oyida Oyga uchadi.
Turkiya
kelgusida koinotdan tijorat maqsadlarida foydalanish orqali 1 trln dollargacha
daromad olishni maqsad qilgani aytilmoqda.