Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjini oʻz ichiga olgan Axiom-3 (Ax-3) ekipaji Dragon kosmik kemasi kapsulasida Erga qaytdi.

Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjini oʻz ichiga olgan Axiom-3 (Ax-3) ekipaji Dragon kosmik kemasi kapsulasi Xalqaro kosmik stantsiyadan ajralib, 48 soatlik parvozdan soʻng Erga qaytdi.

Dragon kapsulasining Erga qaytishi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uch marta kechiktirildi.

Toʻrt nafar fazogir SpaceX kompaniyasining Dragon kosmik kemasi Falcon-9 raketasi yordamida 19 yanvarʻ kuni 00:49 da AQShning Florida shtatidagi Kennedi kosmodromidan koinotga koʻtarilgan edi.

Dragon kosmik kemasi 20 yanvarʻ kuni soat 13:40 da Xalqaro kosmik stantsiyaga tutashdi va taxminan 36 soatlik kosmik sayohatni yakunladi.

Alper Gezeravji oʻz dasturiga muvofiq Xalqaro kosmik stantsiyada 13 ta tajriba oʻtkazdi.

Mavzuga aloqador