Turkiya va Suriya maxfiy xizmatlari vakillari ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish hamda prezidentlar Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Bashar Asadning 2011 yildan beri ilk uchrashuvini tashkil etish boʻyicha soʻnggi bir oy ichida uchta muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda "Turkiya" gazetasi manbasiga tayanib.

Dastlab Erdoʻgʻon va Asad oʻrtasidagi uchrashuv joyi sifatida Iroq muhokama qilingan edi, biroq Anqara Turkiya-Suriya chegarasidagi Kasab\Yayladagi nazorat punktida uchrashuv oʻtkazishni maʻʻqul koʻrmoqda.

“Jarayon jadal rivojlanmoqda, har ikki etakchi eng kechi avgust oyida birgalikda suratga tushishadi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador