Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiy forumida "Made in Turan" brendi taqdim etildi. "Made in Turan" brendi uchun alohida imtiyozlar olish va maxsus eksport imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Bokuda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) iqtisodiy forumida yangi – "Made in Turan" brendi taqdim etildi. Bu haqda Ozarbayjon franchayzing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov maʻʻlum qildi, deya xabar beradi Arbat.media.

“Ushbu brendning asosiy maqsadi Toʻron mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning brendingiga oʻtishdan iboratdir. Turkiy davlatlardagi kompaniyalarning bu borada maqsadlari bor. Tegishli davlatlarning bojxona tashkilotlari bilan ham muzokaralar olib boramiz. Maqsadimiz – "Made in Turan" brendi uchun alohida imtiyozlar olish va maxsus eksport imkoniyatlarini yaratish”, — dedi Movsumov.

Uning taʻʻkidlashicha, forum turkiy davlatlar oʻrtasidagi mavjud bozor va sarmoyaviy imkoniyatlarni oʻrganish, brendlarning xalqaro muhitga integratsiyalashuvini tashkil etish va kompaniyalar oʻrtasida tijorat aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mavzuga aloqador